Fransiyada magistratura va doktorantura bosqichida o'qish uchun Eiffel Excellence Program grant dasturi. Oyiga €1,800 gacha stipendiya!
Fransiya Fransiya
07 Yan, 2026 · Muddat tugagan

Fransiyada magistratura va doktorantura bosqichida o'qish uchun Eiffel Excellence Program grant dasturi. Oyiga €1,800 gacha stipendiya!

Magistratura +1 To‘liq taʼlim Stipendiya

Tavsif

Eiffel Excellence Program - Fransiya Tashqi Ishlar Vazirligi tomonidan fransuz oliy o'quv yurtlariga chet ellik talabalarni magistrlik va doktorlik dasturlariga jalb qilishda yordam berish uchun tashkil etilgan grant dasturi. Uning maqsadi yuqori salohiyatga ega xorijiy talabalarni xususiy va jamoat sohalarida ustuvor yo'nalishlar bo'yicha o'qitish va rivojlanayotgan davlatlardan talabalarni magistrlik, doktorlik dasturlariga jalb qilish.

Sohalar:

  • Ilm va texnika:
    • Biologiya va sog'liqni saqlash;
    • Ekologik o'tish;
    • Matematika va raqamli fan;
    • Fan va muhandislik.
  • Gumanitar va ijtimoiy fanlar:
    • Tarix, fransuz tili va sivilizatsiyasi;
    • Huquq va siyosiy fanlar;
    • Iqtisodiyot va menejment.

Ta'lim dasturlari:

  • magistrlik dasturi;
  • muhandislik dasturi;
  • qo'shma doktorlik dasturi - chet eldagi hamkor institut bilan hamkorlikda.

Grant muddati:

  • magistrlik dasturining ikkinchi yiliga (M2) kirganlar uchun maksimal 12 oy;
  • magistrlik dasturining birinchi yiliga (M1) kirganlar uchun maksimal 24 oy;
  • muhandislik dasturiga kirganlar uchun maksimal 36 oy.

Dastur bir qator imtiyozlarni, shu jumladan oylik stipendiya, bepul safar va sug'urta kabilarni taqdim etadi. Dastur haqida batafsil bu yerda tanishish mumkin.

 

Kimlar uchun mo'ljallangan

Nomzodlarga qo'yiladigan talablar:

  • Fransiya fuqarosi bo'lmasligi kerak;
  • Fransiyadagi Oliy Ta'lim Muassasasiga (OTM) qabul qilingan bo'lishi kerak;
  • Yosh chegarasi:
    • Magistratura uchun 29 yoshgacha;
    • Doktorantura uchun 35 yoshgacha.
  • Grant uchun ariza nomzod qabul qilingan muassasa tomonidan taqdim etilgan bo'lishi kerak;
  • Nomzod boshqa Fransiya Davlat grantlariga ega bo'lmasligi kerak.
  • Xorijiy tilni universitet talablariga javob beradigan darajada bilishi lozim.

Ushbu havola orqali grant dasturi shartlari, grantning bekor qilinishi mumkin bo'lgan holatlari va dastur haqida batafsil ma'lumot olish mumkin. 

Imtiyozlar va qulayliklar

Grant quyidagi xarajatlarni qoplaydi:

  • Yashash xarajatlari uchun oylik mablag':
    • Magistratura uchun €1,200 (€150 stipendiya bilan birgalikda).
    • Doktorantura uchun €2,100.
  • Xalqaro parvoz xarajatlari - Fransiyaga borish va qaytish;
  • Ichki poyezd xarajatlari - aeroportdan o'qish joyigacha va dastur oxirida o'qish joyidan aeroportgacha;
  • Tibbiy sug'urta xarajatlari qoplanadi;
  • Qo'shimcha tibbiy sug'urta ("muttelle") - ushbu tibbiiy sug'urtasiz yashash xarajatlari uchun ajratiladigan mablag' va boshqa xizmatlar taqdim etilmaydi.
  • Turar-joy uchun mablag' beriladi;
  • Madaniy tadbirlarga jalb qilinadi.

Topshirish jarayoni

  1. Nomzod qabul qilingan Fransiyadagi OTM ning Xalqaro Munosabatlar Bo'limi hamda o'z davlatidagi Fransiya elchixonasiga bog'lanishi kerak.
  2. Nomzod qabul qilingan Fransiyadagi OTM nomzodning Eyfel grant dasturiga ariza berishini qo'llab-quvvatlagandan so'ng onlayn ariza formasi to'ldiriladi. Ariza to'ldirish jarayonida nomzod qabul qilingan OTM ham ishtirok etadi. Yakuniy onlayn ariza nomzod qabul qilingan muassasa tomonidan topshiriladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Har yili magistratura darajasi uchun 350 ta, doktorantura darajasi uchun 350 ta grant ajratiladi.

Moliyalashtirilgan o'quv yili stipendiya berilgan yilning 1-sentyabridan 31-dekabrigacha boshlanishi kerak.

Natijalar quyidagi veb-sahifada e'lon qilinadi.

Qo'shimcha savollar uchun:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Stipendiya

  • Daraja

    Magistratura, PhD

  • Soha

    Kompyuter fanlari va IT, Muhandislik va texnologiya, Atrof-muhit va Geologiya fanlari, Gumanitar fanlar, Huquqshunoslik va qonunchilik, Tabiiy fanlar va matematika, Tibbiyot va sogʻliqni saqlash

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Fransuz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 25

  • Jins

    Erkak, Ayol

Fransiya Fransiyada magistratura va doktorantura bosqichida o'qish uchun Eiffel Excellence Program grant dasturi. Oyiga €1,800 gacha stipendiya!
07 Yan, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.