Fransiyada moda va dizayn yoʻnalishida bakalavr hamda magistratura bosqichida 100% gacha grant asosida oʻqish imkoniyati — International Fashion Academy Paris dasturi
Fransiya Fransiya
14 Mar, 2024 · Muddat tugagan

Fransiyada moda va dizayn yoʻnalishida bakalavr hamda magistratura bosqichida 100% gacha grant asosida oʻqish imkoniyati — International Fashion Academy Paris dasturi

Bakalavr +1 To‘liq taʼlim Bepul o'qish

Tavsif

Fransiyaning IFA Paris — Xalqaro Parij Moda akademiyasi bakalavr va magistratura bosqichlarida taʼlim olish uchun toʻliq va qisman moliyalashtiriluvchi grantlarni taqdim etadi. Dasturda moda va dizayn sohasiga qiziquvchi, ushbu soha boʻyicha kuchli bilim va iqtidorga ega boʻlgan talabalar ishtirok etishi mumkin.

Dasturda ishtirok etish uchun nomzod quyidagi kurslar boʻyicha oʻqishga qabul qilingan boʻlishi darkor:

Dasturga qabul qilinganlar kontrakt toʻlovlari uchun toʻliq va qisman grantlarga ega boʻladi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Nomzod ushbu bakalavr yoki magistratura kurslarida taʼlim olayotgan boʻlishi yoki qabul qilingan boʻlishi kerak;
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (bakalavr uchun IELTS kamida 5,5, magistratura uchun 6,5 talab etiladi);
  • Dastur va oʻz sohasiga nisbatan yuqori qiziqishga ega boʻlishi lozim;
  • Yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi, qolaversa, ijtimoiy jihatdan ham faol boʻlishi kerak. GPA koʻrsatkichlarga qarab grantlar taqdim etiladi.

Bakalavr va magistratura kurslariga ariza topshirish shartlari bilan alohida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Dasturga faqat bir marta ariza topshirish mumkin. Dasturda ishtirok etish talablari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻlishi mumkin:

  • Full 100% Scholarship: GPA 3.8 Minimum — 100% kontrakt toʻlovidan ozod etiladi;
  • Excellence Scholarship: GPA 3.5 Minimum — 40% kontrakt toʻlovi uchun chegirma;
  • Distinction Scholarship: GPA 3.0 Minimum — 20% kontrakt toʻlovi uchun chegirma.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun avval bakalavr va magistrlik kurslariga ariza topshirishi va talablariga javob berishi lozim. Shundan so'ng ushbu dasturda ishtirok etmoqchi bo'lganlar onlayn ariza topshirishi va quyidagi hujjatlarni ham taqdim etishi lozim:

Barcha hujjatlar ingliz tilida topshirilishi shart.

To'liq grant uchun ariza topshirish 2024-yil 15-martgacha davom etadi. Qisman grantlar uchun ariza topshirish muddati mavjud emas.

Eslatma: bakalavr va magistratura kurslariga ariza topshirish toʻlovi — €150.

Qo'shimcha ma'lumot

Ariza topshirish jarayonidan soʻng saralangan nomzodlar 2024-yil 15-31-mart kunlari boʻladigan intervyu bosqichiga taklif etiladi.

Yakuniy natijalar 2024-yil 15-aprel atrofida eʼlon qilinadi.

Eslatma: dastur yashash, tutar joy, tibbiy sugʻurta, safar va boshqa xarajatlarini qoplab bermaydi.

Bundan tashqari, Akademiya Financial aid dasturini ham eʼlon qilgan boʻlib, ushbu dasturga qabul qilinganlar ham 40% gacha chegirmaga ega boʻlishi mumkin.

Ko'p beriladigan savollar va ularning javobi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Dastur haqida batafsil rasmiy havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Qoʻshimcha murojaatlar uchun: info@ifaparis.com

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Bepul o'qish

  • Daraja

    Bakalavr, Magistratura

  • Soha

    Biznes boshqaruvi, Sanʼat, dizayn va arxitektura

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 16

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 5.5

Fransiya Fransiyada moda va dizayn yoʻnalishida bakalavr hamda magistratura bosqichida 100% gacha grant asosida oʻqish imkoniyati — International Fashion Academy Paris dasturi
14 Mar, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.