Fransiyada xarajatlari qoplanadigan 1 haftalik yozgi maktab — TULIP Summer School 2026
Fransiya Fransiya
28 Fev, 2026 · Muddat tugagan

Fransiyada xarajatlari qoplanadigan 1 haftalik yozgi maktab — TULIP Summer School 2026

Yozgi maktab To'liq moliyalash

Tavsif

Biologiya yoki ekologiya sohasida magistratura, doktorantura va postdoktorantura bosqichlarida tahsil olayotganlar uchun Fransiyada xarajatlari qoplanadigan 1 haftalik xalqaro yozgi maktab — TULIP Summer School 2026 taqdim etiladi. Dastur uchun jami 24 nafar nomzod saralab olinadi.

Dastur mavzusi: Biological interactions from genes to ecosystems.

Dastur mavzusi boʻyicha maʼruza va seminarlar oʻtkaziladi va unda organizmlar oʻrtasidagi oʻzaro taʼsirning barcha jihatlari yaʼni molekulyar darajadan tortib, populyatsiyalar va jamoalar ichidagi oʻzaro taʼsirlargacha toʻliq oʻrganiladi va muhokama qilinadi.

Yozgi maktab Fransiyaning Pireneyidagi goʻzal joy boʻlgan Germ Louron togʻ markazida 2026-yil 27-iyundan 3-iyulgacha boʻlib oʻtadi. Barcha ishtirokchilar Tuluzadan (Fransiyaning janubi) yozgi maktabgacha transport bilan taʼminlanadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Biologiya/Ekologiya boʻyicha magistratura va doktorantura talabalari hamda postdoktorantura tadqiqotchilari qatnashishi mumkin;
  • Dastur toʻliq ingliz tilida olib borilganligi uchun ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim;
  • Nomzodning pasport muddati Fransiyada qolish davridan boshlab kamida uch oy (2026-yil oktyabrgacha) amal qilishi kerak.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Tuluzadan yozgi maktabgacha transport bilan taʼminlanadi;
  • Ovqat, turar joy, ekskursiyalar va boshqa xarajatlar qoplanadi;
  • Tanlangan sohalar kesishmasida yangi ilmiy mavzularni oʻrganish;
  • Ilmiy sohalarda jamoaviy tadqiqot loyihasi taklifini ishlab chiqishda faol ishtirok etish;
  • Tuluza, Moulis, Perpignan va xalqaro miqyosdagi tadqiqot boʻlimlarining katta va kichik tadqiqotchilari bilan uchrashish;
  • Pireney togʻlaridagi qulay va yoqimli oʻquv muhitidan bahramand boʻlish imkoniyati.

Eslatma: Dastur tanlangan ishtirokchilarning Tuluzaga kelish va qaytish xarajatlarini qoplamaydi.

Ovqatlar asosan mahalliy mahsulotlardan tayyorlanadi, baʼzan vegetarian taomlar ham taqdim etiladi va yotoq choyshablari bilan taʼminlanadi. Dastur hatto imkoniyati (harakati) cheklangan shaxslar uchun ham moslashtirilgan.

Topshirish jarayoni

Dasturga qiziqqanlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Hujjat topshirishda quyidagilar soʻraladi:

  • Shaxsiy maʼlumotlar;
  • Aloqa maʼlumotlari;
  • Yashash manzili;
  • Taʼlim muassasaning nomi;
  • Taʼlim olayotgan bosqichi;
  • Bitirgan yoki rejalashtirilgan bitirish sanasi;
  • Ingliz tilini bilish darajasi (sertifikat soʻralmaydi);
  • CV va motivatsion xat (PDF yoki DOC formatida yuklanadi).

Muhim: Barcha maʼlumotlar faqat dasturga qabul jarayoni uchun ishlatiladi va tadbirdan keyin oʻchirib yuboriladi.

CV va motivatsion xatni oldindan tayyorlash tavsiya etiladi.

Ariza topshirish uchun toʻlov talab qilinmaydi. Har qanday toʻliq boʻlmagan arizalar rad etiladi.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 1-mart 2026-yil;
  • Tanlov natijalari mart oyining oxirida eʼlon qilinadi;
  • Email: antoine.chehere@inrae.fr.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Fransiya Fransiyada xarajatlari qoplanadigan 1 haftalik yozgi maktab — TULIP Summer School 2026
28 Fev, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.