Tavsif
Frankofoniya bayrami munosabati bilan Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi Toshkent fransuz alyansi hamda Fransiyaning “Lions Clubs” xalqaro frankofon markazlari uyushmasi bilan hamkorlikda notiqlik tanlovini tashkil etadi.
Tanlov fransuz tilini B2 va undan yuqori darajada biladigan bakalavr va magistratura talabalari uchun moʻljallangan. Tanlov 2 bosqichda boʻlib oʻtadi:
- 1-bosqich. Bunda ishtirokchilar “Tout le monde veut que ça change, mais personne ne veut changer” (Albert Eynshteyn 1879-1955) mavzusida 2 talaba 3 daqiqalik video tayyorlashi kerak;
- 2-bosqich. Saralangan 6 nafar nomzodlar (3 ta guruh) final bosqichiga taklif etiladi. Final bosqichi Toshkentdagi “Alliance Franseise”da boʻlib oʻtadi. Muzokaralar onlayn translyatsiya qilinadi.
Tanlov yakunida barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi va gʻoliblar Fransiyaga 1 oy bepul sayohat qilish imkoniyatiga ega boʻladi.