Fransiyaning Science Po universitetida bakalavr bosqichini grant asosida oʻqish imkoniyatini taqdim etuvchi Emile Boutmy Scholarships dasturi. Grantning yillik miqdori - €13,000gacha.
Fransiya Fransiya
21 Fev, 2022 · Muddat tugagan

Fransiyaning Science Po universitetida bakalavr bosqichini grant asosida oʻqish imkoniyatini taqdim etuvchi Emile Boutmy Scholarships dasturi. Grantning yillik miqdori - €13,000gacha.

Bakalavr To‘liq taʼlim Bepul o'qish

Tavsif

Science Po universiteti Yevropa Ittifoqidan tashqari davlatlardan tashrif buyurgan iqtidorli talabalarga ushbu universitetning bakalavr bosqichida bepul oʻqish imkonini beruvchi Emile Boutmy Scholarships dasturini taqdim etadi. Ushbu stipendiya Science Po universitetining qabul talablariga javob beruvchi akademik jihatdan eng yaxshi talabalarga beriladi.

Dasturga qabul qilinganlar 3 yil davomida oʻquv kontrakti uchun €3,600 dan €13,000 gacha stipendiya bilan taʼminlanadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda qatnashish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Nomzod Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar fuqarosi boʻlmasligi shart;
  • Science Po universitetining bakalavr bosqichiga birinchi marta hujjat topshirayotgan boʻlishi va talablariga javob berishi lozim;
  • Akademik yuqori koʻrsatkichlarga ega boʻlishi kerak;
  • Ingliz yoki fransuz tilini yaxshi bilishi lozim;
  • Ilgari bu dastur bo'yicha ariza bermagan bo'lishi kerak;
  • Dasturga loyiq deb topilmagan tadira, talaba o'zini-o'zi moliyalashtira olishi lozim.

Talablar haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Émile Boutmy stipendiyasi Science Po universitetiga endigina qabul qilingan bakalavr talabalariga quyidagi tartibda berilishi mumkin:

  • Oʻquv kontrakt toʻlovi uchun 3 yil davomida yilllik €13,000, €8,800, €6,000 yoki €3,600 gacha mablag' ajratiladi.

Muhim:  imtiyozni saqlab qolish uchun nomzodlardan yaxshi o'qish va uni oqlash so'raladi. Aks holda, imtiyoz birinchi o'quv yilidan keyinoq  bekor qilinishi mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashish uchun nomzodlar Science Po univesitetiga ariza topshirishi yetarli. Ariza topshirish jarayonida talaba Emile Boutmy stipendiyasiga daʼvogar ekanligini aytib oʻtishi kerak. Bunda nomzoddan oilaviy sharoiti va daromadini tasdiqlovchi hujjat soʻralishi mumkin.

Universitetga ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.

Eslatma! Ariza topshirish noyabr oyining oʻrtalarida boshlanadi

Qo'shimcha ma'lumot

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun ushbu havolaga kirish yoki +33 (0)1 45 49 50 82 raqamiga murojaat qilish mumkin.

Koʻp beriladigan savollar va ularning javoblari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Bepul o'qish

  • Daraja

    Bakalavr

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Fransuz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Fransiya Fransiyaning Science Po universitetida bakalavr bosqichini grant asosida oʻqish imkoniyatini taqdim etuvchi Emile Boutmy Scholarships dasturi. Grantning yillik miqdori - €13,000gacha.
21 Fev, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.