Tavsif
The Fulbright Visiting Scholar Program - universitet professor-oʻqituvchilari va kamida 10 yillik professional tajribaga ega mutaxassislar uchun Amerikada 3 oydan 5 oygacha toʻliq moliyalashtirlgan holda quyidagi yoʻnalishlarda tadqiqot olib borish imkoniyati beradi:
Lecturing: universitetda kunduzgi taʼlimda leksiya qiladigan va konsultatsiya beradigan oʻqituvchilar uchun;
Research: рost-doktorantura bosqichida kunduzgi taʼlimda tadqiqot olib boruvchi olimlar uchun;
Lecturing/research: universitetlarda leksiya oʻtuvchi oʻqituvchilar va ilmiy izlanish olib boruvchi olimlar uchun;
Research: kichik oʻqituvchilar uchun kurs tavsifi va oʻquv rejasini ishlab chiqish va taklif qilingan kurs uchun maxsus oʻqitish strategiyalarini belgilash.
Nomzodlar The Fulbright Visiting Scholar Program dasturining bir qismi boʻlgan Fulbright Junior Faculty dasturiga ham ariza topshirishlar mumkin. Bunda alohida ariza toʻldirish talab etilmaydi, ammo talablar biroz oʻzgaradi.
Fulbright Junior Faculty dasturi uchun oliy oʻquv yurtida kamida 3 yillik toʻliq tajribaga ega ilmiy ish qilishni istaydigan oʻqituvchilar 1 semestrlik grantlarga ariza topshirishlari mumkin. Ushbu grantni yutish uchun nomzodlar kursda qanday ilmiy ish qilishlari va uning strategik ahamiyati haqida batafsil yozishlari soʻraladi.
Fulbright Junior Faculty granti uchun nomzodlarga qoʻyilgan talablar:
Yosh oʻqituvchilarni oʻqitish orqali taʼlim tizimida ijobiy oʻzgarish qilishga yordam berish;
Oʻzbekiston va AQSh olimlari oʻrtasida uzoq muddatli hamkorlik va institutsional aloqalarni rivojlantirish;
Ikki xalq olimlarning keng qamrovli hamjamiyatini yaratish va oʻzaro aloqalarni mustahkamlashga koʻmaklashish.