Fund for Peace — bakalavriat va magistratura talabalari va yaqinda o’qishni tugatganlar uchun Amerikaning $700 gacha oylik stipendiya toʻlanuvchi onlayn amaliyot dasturi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
14 Mar, 2023 · Muddat tugagan

Fund for Peace — bakalavriat va magistratura talabalari va yaqinda o’qishni tugatganlar uchun Amerikaning $700 gacha oylik stipendiya toʻlanuvchi onlayn amaliyot dasturi

Bakalavr +1 Amaliyot Stipendiya

Tavsif

Fund for Peace ( Tinchlik jamgʻarmasi) har yili AQSHning Vashingtonda oʻtkaziladigan amaliyot dasturi hisoblanadi. Dasturning bu yilgisi to’liq onlayn formatda o’tkaziladi. 

Tinchlikni barqarorlashtirish, xavfsizlik va inson huquqlari kabi sohalarga qiziquvchi yoshlar dastur davomida kamida 3 oy davomida Amerikada tajriba oshiradilar va oylik stipendiya bilan taʼminlanadilar.

Dastur davomida amaliyotchilarga tashkilot yoʻnalishiga muhim topshiriqlar beriladi va xalqaro aloqalar boʻyicha kuchli mutaxassislardan tajriba oʻrganish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Bakalavr/magistratura bosqichi talabasi bo’lish yoki yaqinda o’qishni tugatgan bo’lish kerak;
    Tinchlik jamgʻarmasining sohalari boʻyicha  toʻliq tushunchaga ega boʻlishi;
  • Kuchli yozma va ogʻzaki muloqot qobiliyati;
  • Eʼtiborlilik, kuchli tashkilotchilik salohiyati;
  • Moslashuvchanlik, va boshqa liderlikka xos xususiyatlar

Batafsil ushbu havolada.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Yarim stavka uchun $350, toʻliq stavka uchun $700 oylik stipendiya:
  • Xalqaro aloqalar boʻyicha ekspertlar bilan ishlash va tajriba orttirish.

Batafsil maʼlumotni ushbu havoladan olishingiz mumkin.

Topshirish jarayoni

  1. Nomzodlar avval onlayn roʻyxatdan oʻtadilar va oʻzlarining CVlarini joylaydilar. 
  2. Ushbu xatda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim:
    • Nomzodlar intervyu muddatini (yaʼni 1 -iyundan 31 -avgustgacha) aniq ifoda etgan boʻlishi
    • Full-time yoki part-time ishlashni xohlashlari haqida batafsil maʼlumot berishi
    • Tinchlik jamgʻarmasi (Fund for Peace)ga boʻlgan qiziqish va ishtiyoqni toʻliq tushuntirishlari lozim. Bu nomzodga koʻproq ustunlik beradi.

Batafsil maʼlumotni ushbu havoladan olishingiz mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Dasturga bir yilda 3 marta ariza topshirish mumkin.

  • Bahorgi amaliyot uchun (odatda yanvar-may): 15-noyabr
  • Yozgi amaliyot uchun (odatda may/iyun-avgust): 15-mart
  • Kuzgi amaliyot uchun (odatda sentyabr-dekabr): 15-iyul

Kuz va bahor davrida Tinchlik jamgʻarmasida amaliyotchilardan  haftasiga 15-20 soat ishlashlari soʻraladi. Yozgi taʼtilda stajyorlar haftasiga kamida 30 soat ishlaydi. Oddiy ish vaqti 9:30 dan 17:00 gacha, lekin zaruratga qarab oʻzgarishi mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Amaliyot

  • Moliyalashtirish

    Stipendiya

  • Daraja

    Bakalavr, Magistratura

  • Dastur tili

    Ingliz tili

AQSh Fund for Peace — bakalavriat va magistratura talabalari va yaqinda o’qishni tugatganlar uchun Amerikaning $700 gacha oylik stipendiya toʻlanuvchi onlayn amaliyot dasturi
14 Mar, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.