Tavsif
UNIQLO brendi butun dunyo bo‘ylab ijodiy fikrlash va iste’dodlarni rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilgan futbolkalar dizayni tanlovi - UTGPning ochiq ekanligini ma’lum qiladi. Jinsi, yoshi va millatidan qat’i nazar, barcha ishtirokchilar PEANUTS komikslariga bag‘ishlangan o‘ziga xos dizaynerlik ishlarini taqdim etishlari mumkin. Tanlovda ishtirok etish uchun UNIQLO brendi mahsulotlarini sotib olish shart emas, balki bunda orginal futbolka dizaynlarini taqdim etish muhim.
G‘olib deb topilgan illustratsiyalar mukofotlanibgina qolmay, Uniqlo chakana savdo tarmog‘i tomonidan futbolkalarda chop etiladi va butun dunyoga taqatiladi, shuningdek, ularni onlayn-do‘konlardan ham buyurtma berish mumkin bo‘ladi.