Tavsif
Hungarian Institute of International Affairs (HIIA) tomonidan xalqaro munosabatlar sohasidagi iqtidorli yosh mutaxassislar uchun Future Leaders Program 2026 (Kuzgi mavsumi) dasturi eʼlon qilingan. Ushbu dastur Vengriyaning Budapesht shahrida 2026-yil 1-sentabrdan 30-noyabrgacha toʻliq offlayn formatda o’tkaziladi.
Dastur ingliz tilida bo’lib o’tadi.
Dasturning asosiy maqsadi tashqi siyosatga qiziquvchi yosh mutaxassislar va bitiruvchilarga institut faoliyatida ishtirok etish hamda Vengriya tashqi siyosati sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirish uchun imkoniyat yaratishdir. Ishtirokchilar professional mentorlar rahbarligida tadqiqot olib boradilar hamda institutning tadqiqot va loyiha guruhlari ishlarida qatnashadilar.
Ishtirokchilar quyidagi yo'nalishlar bo'yicha tadqiqot olib boradilar:
Mintaqaviy tadqiqotlar: Western Balkans, Eastern Europe, Visegrád hamkorligi, Transatlantic munosabatlar, Yaqin Sharq, Turkiy davlatlar, Asia-Pacific;
Tematik tadqiqotlar: Xavfsizlik siyosati, Yevropa Ittifoqi, Energetika siyosati, Ko'p qutblilik, Global geosiyosiy masalalar, Connectivity, Madaniy diplomatiya.
Dastur davomida ishtirokchilar tashqi siyosat, yetakchilik ko'nikmalari, notiqlik va media-treninglar bo'yicha seminar va professional tadbirlarda qatnashadilar. Haftasiga taxminan 30 soatlik shaxsan ishtirok talab etiladi.