Tavsif
Amerikadagi Harvard Kennedy universiteti magistratura bosqichini ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish sohasida davom ettirmoqchi boʻlganlar uchun Louis and Gabrielle Bacon Fellowship dasturini eʼlon qiladi. Ushbu grantga Harvard Kennedy universitetiga qabul qilingan talabalar, qo'shma dastur bo'yicha o'qiyotganlar va bir vaqtning o'zida shu universitetda ham tahsil olayotganlar ariza topshirishlari mumkin. Grant kontrakt pulini, tibbiy sugʻurtani toʻliq qoplaydi, shuningdek, qoʻshimcha tarzda har yili $10000 gacha stipendiya beriladi.
Grantga asosan ekologiya sohasiga qiziqadigan, shu soha boʻyicha yuqori akademik koʻrsatkichlarga ega va kelajak karyerasini ham ushbu sohada davom ettirishni xohlovchilar ariza topshirishlari maqsadga muvofiq.
Arizalarni qabul qilish 2021-yil 1-dekabrgacha davom etadi.