Garvard universitetida magistratura bosqichini oʻqish uchun grant dasturi — Harvard University MBA Scholarship
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
30 May, 2025 · Muddat tugagan

Garvard universitetida magistratura bosqichini oʻqish uchun grant dasturi — Harvard University MBA Scholarship

Magistratura To‘liq taʼlim Bepul o'qish

Tavsif

Harvard University MBA Scholarship dasturi dunyodagi biznes dasturlari orasida eng yetakchilaridan biri hisoblanadi. Dastur har ikki yilda bir marta Garvard Biznes School tomonidan eʼlon qilinadi va 2 yil davom etadi. Ikki yil mobaynidatalabalar kontrakt toʻlovining 75 foizi, shuningdek yashash, turar-joy va yoʻl xarajatlari qoplanadi.

Garvard universitetidagi ushbu xalqaro stipendiyaning eng koʻzga koʻringan va ajralib turadigan xususiyati qabul qilingantalabalarning Boustany jamgʻarmasida amaliyot oʻtashidir. Oʻqish davomida talabalar fondda ikki oylik amaliyotoʻtashlari kerak. Talabalar shu tariqa Boustany fondi loyihalari ustida ishlash va dunyoning amaliy voqeliklarini oʻrganishuchun ishonchli imkoniyatga ega boʻladilar. Bu tajriba ularning nazariyani amaliyotga tatbiq etish borasidagi bilim vamalakalarini oshiradi.

Dasturga arizalar qabuli 2025-yilning 31-maygacha davom etadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali oʻqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Barcha davlat fuqarolaridan arizalar qabul qilinadi;
  • Nomzodlar yuqori salohiyatga ega boʻlishlari talab etiladi.
  • Nomzod Garvard universiteti MBA yoʻnalishiga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Kontrakt toʻlovining 75% qismi toʻlab beriladi;
  • Jamgʻarmaning Monakodagi ofisida amaliyot qilish imkoniyati;
  • Safar, ovqatlanish va turar-joy xarajatlari qoplanadi.

Topshirish jarayoni

Dasturga ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlarni admissions@boustany-foundation.org emailiga yuborish lozim:

  • CV va rasm;
  • GMAT natijalari;
    Garvard universitetiga qabul qilinganlik toʻgʻrisidagi maʼlumot.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Grant dasturiga muvaffaqiyatli qabul qilinganlar jamgʻarma bilan birgalikda 2 oylik bepul stajirovka oʻtashadi;
  • Loyihalar turi jamgʻarma va uning hamkorlari faoliyatiga qarab oʻzgarishi mumkin.
  • Roʻyxatdan oʻtganlar intervyuga taklif qilinadi;
  • Grant natijalari iyun oyida eʼlon qilinadi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Bepul o'qish

  • Daraja

    Magistratura

  • Soha

    Biznes boshqaruvi

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh Garvard universitetida magistratura bosqichini oʻqish uchun grant dasturi — Harvard University MBA Scholarship
30 May, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.