Garvard Universitetida 2 yil tadqiqot olib borish uchun Academy Scholars dasturi; yillik stipendiya $80,000!
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
19 Sen, 2024 · Muddat tugagan

Garvard Universitetida 2 yil tadqiqot olib borish uchun Academy Scholars dasturi; yillik stipendiya $80,000!

PhD Tadqiqot Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Academy Scholars dasturi AQSh va Kanadadan tashqari boshqa mamlakatlarning tarixi, madaniyatini yaxshi bilgan, ilmiy ishi ijtimoiy fanlar yoki huquqshunoslik boʻlgan hamda yuqori bilimga ega boʻlgan olimlarni qoʻllab-quvvatlaydi.

Academy Scholars dasturi doirasida ishtirokchilariga Garvard universiteti, Kembrij, MA, Garvard xalqaro va hududiy tadqiqotlar akademiyasida ikki yillik istiqomat qilish imkoniyati va $80,000 qiymatdagi postdoktorlik stipendiyasi beriladi. Ular barqaror ilmiy loyihalarni amalga oshirish va tanlagan sohalari boʻyicha qoʻshimcha taʼlim olish uchun katta moliyaviy va tadqiqot yordamini olish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Dasturning mavjud yоʼnalishlari haqida batafsil ushbu havоla оrqali maʼlumоt оlish mumkin.

Dastur haqida batafsil ushbu havоla оrqali оʼqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Nomzod ijtimoiy fanlar (social sciences) boʻyicha yaqinda PhD darajasini olgan yoki shu sohalardan biri boʻyicha doktorantura talabasi boʻlishi kerak;
  • PhD darajasiga ega boʻlganlar ushbu darajani oxirgi 2 yil ichida, 2025-yil 1-avgustgacha olgan boʻlishi kerak;
  • Dissertatsiyani yakunlash arafasida turgan olimlar 2025-yilning 30-iyuniga qadar, universitetning roʻyxatga olish idorasi tomonidan berilgan ilmiy daraja berish hujjatlarini topshirishlari kerak.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Gʻoliblar yiliga $80,000 stipendiya bilan stipendiya bilan taʼminlanadilar;
  • Konferensiya, tadqiqot uchun sayohat xarajatlari, ilmiy assistent va tibbiy sugʻurta uchun boʻladigan xarajatlarni qoplab beradi.

Topshirish jarayoni

  1. Arizalar onlayn ushbu havоla orqali topshiriladi;
  2. Quyidagi hujjatlar soʻraladi:
    • CV yoki rezyume. Bunda nomzodning nashr qilingan ishlari roʻyxati ham boʻlishi kerak;
    • Tadqiqot taklifi (Research Proposal). Intellektual maqsadlar va rejalashtirilgan metodologiya va ixtisoslik ishini oʻz ichiga olgan boʻlib, maksimal 2000 soʻzdan iborat boʻlishi kerak;
    • Bitta ilmiy yozuv namunasi (masalan, doktorlik dissertatsiyasi bobi yoki bitta mualliflik ilmiy jurnal maqolasi; maksimal 50 sahifa; ingliz tilida)
    • PhD dasturining baholari;
    • 3 ta tavsiyanoma (onlayn ariza orqaki yuklanadi).

Ariza tорshirish haqida batafsil ushbu havоla оrqali bilib оlish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Tadqiqot

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Daraja

    PhD

  • Soha

    Huquqshunoslik va qonunchilik, Ijtimoiy fanlar

  • Dastur tili

    Ingliz tili

AQSh Garvard Universitetida 2 yil tadqiqot olib borish uchun Academy Scholars dasturi; yillik stipendiya $80,000!
19 Sen, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.