Garvard universitetidan biznes va boshqaruv sohasi boʻyicha bepul onlayn kurs — HarvardX: Technology Entrepreneurship
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
02 Okt, 2024 · Muddat tugagan

Garvard universitetidan biznes va boshqaruv sohasi boʻyicha bepul onlayn kurs — HarvardX: Technology Entrepreneurship

Kurslar Bepul ishtirok

Tavsif

Garvarddagi Innovatsiya fanlari laboratoriyasi San-Diegodagi Kaliforniya universiteti bilan hamkorlikda biznesga qiziqqanlar uchun bepul onlayn kurs — HarvardX: Technology Entrepreneurship taqdim etadi.

Ushbu kursda ishtirokchilar muvaffaqiyatli yangi biznesni yoʻlga qoʻyish uchun texnologiyalardan foydalanish va uni mijozlar ehtiyojlari bilan moslashtirish usullarini oʻrganadi.

Dastur quyidagi mavzularni qamrab oladi:

  • Texnologik tadbirkorlikka tizimli yondashuv;
  • Mijozlarning ehtiyojlarini istiqbolli texnologiyalar bilan moslashtirish orqali yangi foydalanish usullarini yaratish;
  • Biznes va operatsion modellarni moslashtirish yoʻllari;
  • Texnologiyaning tayyorlik va bozorga mosligini baholash;
  • Moliyalashtirishni taʼminlash imkoniyatlarini koʻrib chiqish.

Kurs 2024-yilning 28-avgustidan 3-oktyabrigacha davom etadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturga qiziqqan barcha qatnashishi mumkin;
  • Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim;
  • Nomzodlar biznes va boshqaruv boʻyicha boshlangʻich bilimga ega boʻlishlari kerak;
  • Ishtirokchilardan texnologiya tadbirkorligi, tanqidiy fikrlash, tijoratlashtirish, innovatsiyalar, tadqiqot va ishlanmalar boʻyicha koʻnikmaga ega boʻlish talab qilinadi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturda bepul qatnashish mumkin;
  • Darslar Garvard  universiteti yetakchi professorlari tomonidan o'tiladi;
  • Butun dunyo boʻylab taʼlim va tegishli fanlarning sifatini yaxshilashga qaratilgan tadqiqotlarda ishtirok etish;
  • Biznes va boshqaruv sohasi bo'yicha keng bilimga ega bo'lish imkoniyati.

Muhim: Kursda qatnashganlar ma'lum miqdordagi to'lov (149$) evaziga universitet tomonidan beriladigan maxsus sertifikatga ega bo'lishlari mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtib, ariza topshirishlari mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh Garvard universitetidan biznes va boshqaruv sohasi boʻyicha bepul onlayn kurs — HarvardX: Technology Entrepreneurship
02 Okt, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.