Geneva Centre for Security Policy (GCSP) tomonidan barqaror xavfsizlik sohasi boʻyicha xalqaro loyihalar onlayn tanlovi. Mukofot — $10,000
Shveytsariya Shveytsariya
25 Sen, 2023 · Muddat tugagan

Geneva Centre for Security Policy (GCSP) tomonidan barqaror xavfsizlik sohasi boʻyicha xalqaro loyihalar onlayn tanlovi. Mukofot — $10,000

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Geneva Centre for Security Policy hamda Geopolitics and Global Futures Event tashkilotlari xalqaro xavfsizlik muammolarini hal qilishda innovatsion yondashuvga ega boʻlgan shaxslar va tashkilotlarni ragʻbatlantirish uchun mazkur tanlovni 205-yildan buyon olib boradi.

Tanlov shakli: onlayn.

Mukofot barcha fanlar va sohalarni qamrab oladi.

Tanlov barqaror global xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan boʻlib, yangi yondashuvlarga hissa qoʻshish uchun dunyo boʻylab yoshlarni bir nuqtaga jamlashni maqsad qilgan.

Tanlovga nomzodlar xalqaro xavfsizlikni mustahkamlash uchun oʻz loyihalarini taqdim etishlari lozim. Loyihalar texnologik va kontseptual innovatsiyalar, original tadqiqotlar yoki ommaviy tashabbuslardan iborat boʻlishi mumkin. 

Dasturda millati, irqi, dini va yoshidan qatʼi nazar barcha mamlakat fuqarolari qatnashishlari mumkin.

Tanlov broshyurasi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Birinchi oʻrin sohibi CHF 10,000 bilan mukofotlanadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:

  • Dasturda yakka shaxs, guruh yoki tashkilot sifatida qatnashish mumkin;
  • Barcha mamlakat fuqarolari qatnasha oladi;
  • Dasturda ishtirok etish uchun yosh chegarasi belgilanmagan;
  • Tanlovda GCSP xodimlari va ularning oila aʼzolari ishtirok etishi mumkin emas;
  • Arizalar ingliz tilida boʻlishi kerak.

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • 1-oʻrin sohibi CHF 10,000 (taxminan 11,620 AQSh dollari) hamda sertifikat bilan taqdirlanadi;
  • Ikkinchi hamda uchinchi oʻrin egalariga sertifikatlar taqdim etiladi.

Dastur imtiyozlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturga ariza topshirish uchun nomzodlardan ushbu havola orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari soʻraladi:

  • Maksimal 250 soʻzdan iborat loyiha namunasi;
  • 750 soʻzdan oshmagan yaxshi ishlab chiqilgan loyiha tavsifi;
  • Taqdim etilayotgan loyihaning texnik jarayoni tavsifi (agar mavjud boʻlsa);
  • Loyiha uchun zarur boʻlgan xarajatlar rejasi;
  • Loyiha global xavfsizlik sohasiga qanday yangi hissa qoʻshishi haqida izoh;
  • Loyihaning global xavfsizlik sohasidagi qisqa va uzoq muddatli taʼsirining tavsifi;
  • Beshtagacha rasm fayli (ixtiyoriy).

Dasturga ariza topshirishning soʻngi muddati 2023-yil 26-sentyabr 02:59.

Qo'shimcha ma'lumot

Mustaqil GCSP ekspertlari guruhi har bir qabul qilingan arizani baholaydi va eng yaxshi baholangan 15 ta ariza koʻrib chiqish uchun GCSP direktori va Geosiyosat va global kelajak dasturi rahbari tomonidan raislik qilinadigan hakamlar hayʼatiga topshiriladi.

Arizalar quyidagi mezonlarga koʻra baholanadi:

  • Global barqaror xavfsizlikka aloqadorligi;
  • Inson qadr-qimmatini, xavfsizlik va adolatni saqlash;
  • Ijodkorlik;
  • Originallik.

Qoʻshimcha savol va murojaatlarni innovation.prize@gcsp.chemail manzilida, +41 (0)22 730 96 telefon raqamida yoki ushbu havola orqali qoldirish mumkin.

Internet web-saytlar: http://www.gcsp.ch/ yoki info@gcsp.ch

Manzil: Geneva Centre for Security Policy Maison de la paix Chemin Eugène-Rigot 2D P.O. Box 1295 | CH-1211 Geneva 1

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Shveytsariya Geneva Centre for Security Policy (GCSP) tomonidan barqaror xavfsizlik sohasi boʻyicha xalqaro loyihalar onlayn tanlovi. Mukofot — $10,000
25 Sen, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.