Tavsif
2024-yilning 9-15-sentyabr kunlari Germaning Regional Programme “Integrative and Climate-sensitive Land Use in Central Asia” loyihasi asosida Samarqand davlat universitetining Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutida “Markaziy Osiyoda yerdan barqaror foydalanish va tabiatni muhofaza qilish uchun innovatsiyalar” mavzusida yozgi maktab tashkil qilingan. Dasturda Markaziy Osiyodan boʻlgan, rus yoki ingliz tilini biladigan ekologiya, qishloq xoʻjaligi, ijtimoiy-gumanitar fanlar, geografiya va shu kabi soha mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin. Dastur davomida ishtirokchilar yerdan barqaror foydalanish va tabiatni muhofaza qilish boʻyicha innovatsion yondashuvlar bilan tanishadilar. Shuningdek, dastur doirasida nazariy maʼlumotlar berilib, amaliy mashgʻulotlar ham amalga oshiriladi. Ushbu yozgi maktabda qatnashish mutlaqo bepul, ishtirokchilarning yoʻl, turar-joy va oziq-ovqat xarajatlari ham qoplanadi.
Dasturga qabul jarayoni 2024-yil 21-iyulga qadar davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.