Germaniya teleradio kompaniyalari tomonidan yosh musiqachilar uchun xalqaro tanlov - ARD International Music Competition; G'oliblar pul mukofoti bilan taqdirlanadi!
Germaniya Germaniya
27 Mar, 2025 · Muddat tugagan

Germaniya teleradio kompaniyalari tomonidan yosh musiqachilar uchun xalqaro tanlov - ARD International Music Competition; G'oliblar pul mukofoti bilan taqdirlanadi!

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Germaniyaning ommaviy-huquqiy teleradio kompaniyalari jamiyati dunyo boʻylab skripkachilar, trombon chaluvchilar, torli kvartetlar va pianinochilar uchun 74st ARD International Music Competition musiqiy tanlovini eʼlon qiladi.

Ushbu tanlovning maqsadlaridan biri bu yosh musiqachilarga boshqa sanʼatkorlar bilan tanishish imkoniyatini berish va shu orqali ularning keyingi faoliyati uchun foydali boʻlgan shaxsiy va badiiy munosabatlarni oʻrnatishdir.

Tanlovda, professional faoliyatini boshlash arafasidagi musiqachilar ishtirok etishi mumkin. Karnay, torli kvartet va pianino toifasida ishtirokchilar 1996-2005-yillar oraligʻi tavallud topgan boʻlishi kerak. 

Tanlov 2025-yil 1-senytabrdan 16-sentyabrgacha davom etadi. ARD xalqaro musiqiy tanlovi homiylari: Siemens Arts dasturi va Teodor Rogler jamgʻarmasi.

Ishtirok etish toʻlovi, qabul qilinganligi haqidagi tasdiqnoma olingandan soʻng 2025-yil 31-iyulgacha “qabul qiluvchi uchun bank toʻlovisiz” oʻtkazilishi kerak.

Barcha toifalarda toʻrtta musobaqa bosqichlari majburiydir. Yakuniy bosqichlarga har bir yoʻnalish boʻyicha koʻpi bilan uchta solist hamda uchta torli kvartet kiritiladi.

Tanlov dasturi, bosqichlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:

  • Barcha davlat fuqarolari ariza berishi mumkin;
  • Nomzodlar 1996-2008-yillar oraligʻida tavallud topgan boʻlishi lozim;
  • Trombon, pianino yoki torli kvartet chala olishi lozim;
  • Ishtirok etish badali mavjud: €150;

Tanlovda ishtirok etish talablari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Karnay, torli kvartet va pianino toifalarining har biri uchun quyidagi miqdordagi pul mukofoti taqdim etiladi:

  • 1-o'rin - €10,000;
  • 2-o'rin - €7,500;
  • 3-o'rin - €5,000.

Yuqoridagi asosiy mukofotlardan tashqari, Special Prizes (maxsus mukofotlar) ham mavjud.

Topshirish jarayoni

Ishtirokchilar rasmiy sayt orqali onlayn tarzda ariza va hujjatlarni taqdim etishi lozim.

Kerakli hujjatlar:

  • Ariza formasi;
  • Pasport yoki ID karta nusxasi;
  • CV (chop etilishi mumkin)
  • Arizachining jpg faylidagi oq-qora portret fotosurati. (mualliflik huquqi saqlangan holda nashr etilishi mumkin);
  • Ishtirokchi talaba boʻlsa: oʻqituvchining roziligini tasdiqlovchi hujjat;
  • Video yozish: mp4 yoki mov-Datei; 900 MBdan oshmasligi va 4ta fayldan koʻp boʻlmasligi kerak. Video yozuvdagi musiqa tahrir qilinmasligi,
    qayta ishlanmasligi va soʻnggi 1 yil ichida tasvirga olingan boʻlishi kerak
  • Ovoz yozish studiyasi/injeneri tomonidan imzolangan deklaratsiya shakli; (Onlayn yuklab olinadi)
  • Roʻyxatdan oʻtish toʻlovini toʻlaganligini isbotlovchi hujjat (€60).

Hujjat topshirish jarayoni bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Nemis tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Germaniya Germaniya teleradio kompaniyalari tomonidan yosh musiqachilar uchun xalqaro tanlov - ARD International Music Competition; G'oliblar pul mukofoti bilan taqdirlanadi!
27 Mar, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.