Germaniya universitetlarida magistratura bosqichida tahsil olish uchun oyiga 861 yevrolik stipendiya bilan ta’minlovchi Helmut-Schmidt stipendiya dasturi

Germaniya universitetlarida magistratura bosqichida tahsil olish uchun oyiga 861 yevrolik stipendiya bilan ta’minlovchi Helmut-Schmidt stipendiya dasturi

  • 01/06/2021 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Germaniya Davlat
  • 31.07.2021 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Dastur tili
    Ingliz tili, Nemis tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Helmut-Schmidt Programme - bu ijtimoiy siyosat va boshqaruvchilik sohasida magistratura sohasida tahsil olishni ta’minlovchi DAAD (Germaniya akademik almashinuv xizmati) tomonidan tashkillashtirilgan stipendiya dasturidir. 

Dastur maqsadi - kelajakda yetakchilarni siyosat, huquq, biznes va boshqaruv sohalarida, samarali boshqaruv tamoyillari asosida yanada malakasini oshirish va ularni kelajakdagi kasbiy faoliyatiga amaliyotga yo'naltirilgan tarzda tayyorlashdir.

Helmut-Shmidt dasturi bilan DAAD (Germaniya akademik almashinuv xizmati) rivojlanayotgan mamlakatlarda yaxshi boshqaruv va fuqarolik jamiyati tuzilmalarini rivojlantirishga hissa qo'shishga harakat qilib kelmoqda. 

Dastur doirasida nomzod nizomda ko’rsatilgan Germaniya universitetlarining xohlagan ikkitasiga hujjat topshirish imkoniyatiga ega. 

To'liq ma'lumot bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin

Maqbullik shartlari

  • Ro’yxatda keltirilgan davlat fuqarosi bo’lishi. O'zbekiston bu ro'yxatda bor;
  • Siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiyot va biznes boshqaruvi, yuridik va ma’muriy sohalardan birida bakalavr darajasini tamomlagan bo’lishi; 
  • Oliy o’quv yurti diplomini olganiga 6 yildan oshmagan bo’lishi;
  • Magistrlik darajasiga ega nomzodlar qayta ushbu bosqichida o’qish uchun hujjat topshirishlari mumkin, ammo sababini aniq tushuntirib bera olishlari lozim. 

Foydali tomonlari

  • Germaniyadagi oliy o’quv yurtlarida magistratura kurslarida tahsil olish uchun oyiga 861 yevrolik stipendiya;
  • O’qish va tadqiqot olib borish uchun maxsus grant;
  • Germaniya va ma’lum rivojlanayotgan mamlakatlar orasida sayohat qilish uchun tegishli sayohat to’lovlari;
  • DAAD (Germaniya akademik almashinuv xizmati) tomonidan tanlangan o’quv kurslarida akademik ta’lim olish;
  • Germaniyada tibbiy sug’urta qilish xarajatlari qoplamasi;
  • Ijara uchun subsidiyalar hamda oilaviy qo’shimcha yordam (zarur holatlardagina)

Hujjat topshirish

  1. Hujjatlar DAAD portaliga emas, universitet o'ziga to'g'ridan to'g'ri topshiriladi;
  2. Ariza topshirish uchun talab qilinadigan hujjatlar: 
    • Ariza formasi;
    • Motivatsion xat (ikkala universitet uchun bitta yoziladi, hajmi 2 betdan oshmasligi lozim);
    • Tarjimayi hol (http://europass.cedefop.europa.eu/ saytida ko’rsatilgan shablondan foydalanib to’ldirilishi lozim);
    • Diplom nusxasi (lozim bo’lsa tarjima qilinadi);
    • Baholar tabeli nusxasi (lozim bo’lsa tarjima qilinadi);
    • Ish tajribasi, volontyorlik ishlari hamda turli amaliyotlar o’tagani to’g’risida hujjatlar (imzolangan bo’lishi lozim);
    • Til bilish darajasini ko’rsatuvchi sertifikatlar (ingliz yoki nemis tillari uchun);
    • Ma’lumotnoma;
  3. Hujjatlar nomzod tanlagan ikki universitet ma’muriyatiga yuboriladi. Universitetlar haqida batafsil ma’lumot hamda manzillarni quyidagi havolalar orqali topishingiz mumkin: https://static.daad.de/media/daad_de/pdfs_nicht_barrierefrei/in-deutschland-studieren-forschen-lehren/ausschreibung_helmut-schmidt-programm_en.pdf https://www2.daad.de/medien/deutschland/stipendien/formulare/daad_helmut_schmidt_programm_programmflyer.pdf 
  4. Arizalar ingliz yoki nemis tilida to’ldirilishi lozim!

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Tanlov natijalari 2021-yil dekabrining oxiriga qadar e’lon qilinadi;

Qoshimcha ma’lumotlar yuzasidan nomzod hujjat topshirayotgan universiteti ma’muriyatiga murojaat qilishi mumkin.

Germaniya
Germaniya universitetlarida magistratura bosqichida tahsil olish uchun oyiga 861 yevrolik stipendiya bilan ta’minlovchi Helmut-Schmidt stipendiya dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar