“Germaniya va Oʻzbekiston: 1992 – 2022 – 2052” mavzusiga bagʻishlangan ijodiy tanlov. G'olibga noutbuk sovg'a qilinadi
O‘zbekiston O‘zbekiston
16 Apr, 2022 · Muddat tugagan

“Germaniya va Oʻzbekiston: 1992 – 2022 – 2052” mavzusiga bagʻishlangan ijodiy tanlov. G'olibga noutbuk sovg'a qilinadi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Germaniyaning Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz davlatlari bilan diplomatik aloqalar oʻrnatganining 30 yillik yubileyi munosabati bilan “Germaniya va Oʻzbekiston: 1992 – 2022 – 2052” mavzusiga bagʻishlangan ijodiy ishlar tanlovi eʼlon qilindi.

“Germaniya va Oʻzbekiston: 1992 – 2022 – 2052” mavzusiga aloqador qisqa metrajli film, videoklip, raqamli fotokollaj, sheʼr koʻrinishida ijodiy ishlar topshirish mumkin.

Ijodiy ishlarda ishtirokchilar quyidagi mavzularni aks ettirishlari kerak:

  • Germaniyani qanday tasavvur qilishlari hamda hamkorlik va diplomatik aloqalar qanday ahamiyatga ega ekanligi;
  • Germaniya bilan bogʻliq qanday tajribaga ega ekanliklari (agar bor boʻlsa);
  • Oʻzbekistonning qayerida Germaniyani topish mumkinligi yoki nimalar Germaniyani eslatishi haqida;
  • Germaniya va Oʻzbekiston qanday mavzularni birgalikda ilgari surishi;
  • Germaniyaning Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari bilan kelgusi 30 yildagi hamkorligini qanday tasavvur qilishlari aks ettirishlari kerak.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlovda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston yoki Armaniston fuqarolari qatnashishlari mumkin;
  • Ishtirokchilar 30 yoshdan oshmagan boʻlishi va faqat 1 ta ijodiy ish yuborishlari mumkin;
  • Ijodiy ishlar qisqa metrajli film, videoklip, raqamli fotokollaj, she'r ko'rinishida bo‘lishi va 10 minutdan oshmasligi kerak;
  • Ijodiy ish til orqali ifoda etilsa, bu Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlarining bir yoki bir nechta rasmiy tillari, nemis yoki ingliz tili boʻlishi kerak;
  • Yakka tartibda yoki jamoa boʻlib ishtirok etish mumkin, faqat jamoa boʻlib ishlanganda ham bitta turdagi ijodiy ish topshirilishi soʻraladi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Tanlov gʻolibiga noutbuk sovgʻa qilinadi.

Topshirish jarayoni

Hujjatlar quyidagicha topshiriladi:

  1. Ariza shaklini yuklab olish lozim.
  2. Tashkiliy-texnik sabablarga ko’ra shu paytgacha yuborgan arizalarni va ariza shaklini to’ldirgan holda Dropbox orqali botschaftswettbewerb@gmail.com elektron manziliga qayta yuborish lozim.

Muhim: Ijodiy ishlar hajmi 20 MB dan oshmasligi kerak va ishtirokchi nomi hamda mamlakat (O‘zbekiston) ko‘rsatilishi kerak. Barcha arizalar 2022-yil 10-aprelga qadar topshirilishi kerak.

Qo'shimcha ma'lumot

G‘olib nomi 2022-yil 11-aprel kuni Germaniya elchixonasining Twitter’dagi @germanyinuz kanali, shuningdek, Elchixonaning aloqa kanallari orqali e’lon qilinadi. 

Qo‘shimcha ma'lumotlarni Germaniyaning Toshkendagi Elchixonasining telegram kanalidan topish mumkin.

Qo'shimcha savollar uchun: dsb-l@auswaertiges-amt.de  

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Nemis tili, Rus tili, O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Max: 30

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston “Germaniya va Oʻzbekiston: 1992 – 2022 – 2052” mavzusiga bagʻishlangan ijodiy tanlov. G'olibga noutbuk sovg'a qilinadi
16 Apr, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.