Tavsif
Germaniya yoki unga qoʻshni boʻlgan davlatlar (Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar va Shveysariya)da bakalavriat, magistratura hamda doktoranturada (PhD) oʻqimoqchi boʻlganlar uchun Germaniyaning Hanns Zeidel jamgʻarmasi tomonidan stipendiya dasturi taqdim etiladi.
Dastur quyidagi yoʻnalishlarni taqdim etadi:
Rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtidorli yoshlariga stipendiya yordami berish, qoʻllab-quvvatlash, nomzodlarning ijtimoiy malakasi va akademik koʻnikmalarini yaxshilashga yordam berish dasturning asosiy maqsadidir. Germaniya universitetlariga oʻqishga kirgan talabalar Hanns Zeidel jamgʻarmasidan oylik stipendiya, qoʻshimcha ravishda qisman tibbiy sugʻurta va bolali oilalar uchun nafaqa olishlari mumkin.
Dastur uchun arizalar har yili ikki marta 15-dekabrdan 15-yanvargacha va 15-iyundan 15-iyulgacha qabul qilinadi. Dastur oʻquv materiallari va qoʻllanmalari (shu jumladan kitoblar, apparat va dasturiy taʼminotlar), til kurslari, tegishli mutaxassislar ishtirokidagi konferensiyalar kabi oʻqish bilan bogʻliq loyihalar va maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan xarajatlarini moliyalashtirishga moʻljallangan.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.