Tavsif
Copernicus Berlin International Excellence Scholarship Program (IES) - Germaniyaning nufuzli universitetlaridan birida bir semestr(6 oy) oʻqish imkonini beruvchi, xarajatlari toʻliq qoplanadigan xalqaro almashinuv dasturi.
Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo (jumladan Oʻzbekiston) davlatlaridan boʻlgan istalgan yoʻnalishda tahsil olayotgan bakalavr, magistratura yoki doktorantura bosqichi talabalaridan arizalar qabul qilinadi. Dastur talabalarga Germaniyadagi 4ta universitetlardan birida (HU Berlin, FU Berlin, HWR Berlin, University of Potsdam) oʻz sohasi boʻyicha bilimlarini chuqurlashtirish va nazariy bilimlarni 8 haftalik amaliyotlar (internship) orqali qoʻllash imkoniyatini beradi.
6 oy davomida talabalar nemis tilida soʻzlashadigan mezbon oilada yashash orqali, shuningdek madaniy tadbirlar va ijtimoiy uchrashuvlar yordamida nemis madaniyati bilan yaqindan tanishadilar.
Dastur talablari va imkoniyatlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.