Tavsif
Germaniyaning DAAD granti davlatlarni rivojlantirishga qaratilgan, magistratura va doktorantura bosqichlarida oʻqish uchun moʻljallangan Development-Related Postgraduate Courses (EPOS) dasturini eʼlon qiladi. DAAD rivojlanayotgan va yangi sanoatlashayotgan mamlakatlardan mutaxassislarni tayyorlashga yordam beradi. Xalqaro miqyosda tahsil olgan va puxta tayyorlangan mahalliy ekspertlar oʻz mamlakatlarining barqaror rivojlanishida muhim rol oʻynaydi. Ular qashshoqlik kam, taʼlim va sogʻlom hayot ustuvor boʻlgan jamiyatni qurishda asosiy poydevor boʻlishadi. Ushbu grant rivojlanayotgan va yangi sanoatlashayotgan mamlakatlardan boʻlgan ikki yillik ish tajribasiga ega nomzodlarning Germaniya universitetlarida magistratura bosqichini, baʼzi holatlarda doktorantura bosqichini oʻqishlariga imkon beradi.
Dasturda oʻqishni bitirganiga 6 yildan oshmagan va kamida 2 yillik ish tajribasiga ega nemis yoki ingliz tilini biluvchi nomzodlar qatnashishlari va koʻplab yoʻnalishlardan birida tahsil olishlari mumkin. Gʻoliblarning samolyot bileti, oʻqish toʻlovi, yaʼni barcha xarajatlari qoplab beriladi. Magistratura talabalariga oyiga 992 yevro, doktorantura talabalariga esa 1400 yevrogacha stipendiya beriladi.
Nomzod hujjat topshirishmoqchi boʻlgan yoʻnalishlardan birini tanlab ariza toʻldirishi va barcha hujjatlarni joʻnatishi kerak boʻladi. Shundan keyin saralab olingan nomzodlar roʻyxati DAAD grantiga joʻnatiladi va tanlab olingan nomzodlar bilan DAAD granti bogʻlanadi va dastur uchun alohida hujjat topshirishini soʻraydi. Hujjat topshirish shartlari va muddati yoʻnalishlarga qarab har xil. Demak, nomzodlar hozircha faqatgina Germaniya universitetining tegishli yoʻnalishigagina hujjat topshirib javoblarni kutish kerak boʻladi. Bitta nomzod uchtagacha yoʻnalishga ariza topshirishi mumkin.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Grant haqidagi maʼlumotlar bilan GrantGO tomonidan tayyorlangan quyidagi video/ovozli chat orqali ham tanishish mumkin: