Tavsif
CrossCulture Fellowships Programme dasturi dunyoning turli mamlakatlaridagi ijtimoiy faol professionallar uchun Germaniyada malaka oshirish imkoniyatini taqdim etadi. Dasturda jami 40 davlatdan 60 nafar ishtirokchilar oʻz sohalaridan kelib chiqqan holda Germaniyaning turli tashkilotlarida 2-3 oy davomida amaliyot oʻtaydilar.
Dasturning 2026-yilgi mavsumi anʼanaviy (oflayn) tarzda tashkil etiladi. Ammo nomzodning jismoniy salomatligiga ko'ra onlayn amaliyot o'tashga ham ruxsat berilishi mumkin. Bunda CCP tomonidan oʻtkaziladigan madaniyatlararo seminarlar, tarmoq va professional tadbirlarda qatnashish mumkin. Vataniga qaytgandan soʻng ishtirokchilar Germaniyada orttirgan tajribalarini oʻzlarining tashkilotlarida amalga oshirishlari mumkin boʻladi.
Dasturda, asosan, quyidagi sohada ishlovchilar ishtirok etishlari mumkin:
- Policy and society
- Media and culture
- Human rights and peace
- Sustainable development
- Non-formal political education
Dastur ingliz tilida olib boriladi, lekin nemis tilini bilish afzallik berishi mumkin. Ishtirokchilarning safar, tibbiy sugʻurta va viza xarajatlari qoplanadi va oylik stipendiya, qolaversa, bepul turar joy bilan taʼminlanadilar.
Dasturga ariza topshirishning oxirgi muddati - 2025-yil dekabr oyigacha davom etadi.