Umumiy maʻlumotlar
Berlinning Helmholtz-Zentrum Berlin (HZB) universiteti tomonidan bakalavr bosqich talabalari uchun 8 haftalik yozgi tadqiqot dasturi e’lon qilinadi. Dastur fizika, kimyo, materialshunoslik, strukturaviy biologiya, matematika hamda shunga tegishli sohalarda o‘qiyotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bunda dasturga qabul qilingan ishtirokchilar olimlar bilan yaqin hamkorlikda o‘zlarining ilmiy loyihalari ustida ishlash, Berlin-Vansi yoki Berlin-Adlershofdagi HZB kampuslarida joylashgan laboratoriyalarida yoki eksperimental maydonlarida tadqiqot guruhlarning kundalik ishlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Olib boriladigan tadqiqot jarayoni bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.
Dastur 2022-yilning 4-iyulidan 29-avgustigacha davom etadi hamda ishtirokchilar dastur yakunida tadqiqot yuzasidan taqdimot qilishlari kerak bo‘ladi.
Maqbullik shartlari
Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- Barcha davlat fuqarolari qatnasha oladilar;
- Nomzod fizika, kimyo, materialshunoslik yoki shunga tegishli yo‘nalish talabasi bo‘lishi (PhD nomzodi emas);
- Nomzod universitetda o‘zining asosiy fani bo‘yicha eng kamida ikki yilni o‘qib tugatgan bo‘lishi;
- Ingliz tilini yaxshi bilishi, nemis tilini ham bilishi ustunlik beradi;
- Dasturga qabul qilinganlar HZB da amaliyot tugaguncha o‘zlari o‘qiyotgan universitet talabalar safida qolishlari;
- Ariza topshirish muddati tugagunga qadar bitta tavsiyanoma topshirishlari kerak.
Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.
Foydali tomonlari
Dasturga qabulqilinganlar quyidagi imtiyozlarga ega bo'lishadi:
- Dasturga qabul qilinganlar bilan 8 haftalik amaliyot shartnomasi tuziladi;
- Berlin va Potsdamdagi universitet talabalari uchun €1000, Germaniyadan tashqari boshqa davlat universitet talabalari uchun €1800 mablag‘ ajratiladi.
- Borib-kelish xarajatlari uchun €500.
Hujjat topshirish
Hujjatlar quyidagi havola orqali topshiriladi.
Hujjat topshirishda quyidagi so‘raladi:
- Akademik CV;
- Universitetda olingan eng oxirgi baholari va ilmiy daraja diplomlari;
- Talaba ekanligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
- Pasport nusxasi (ingliz tilida).
Dasturga hujjat topshirish haqida ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Qo'shimcha ma'lumot uchun:
Fax: +49 30 8062 - 42181;
Email: info@helmholtz-berlin.de.