Tavsif
Germaniya davlati tomonidan global muammolarni hal qilish masalasida, xususan, “The Future of Food” mavzusida Humboldt Residency Programme 2025 dasturi eʼlon qilinadi.
Ushbu dastur akademiya, sanʼat, fuqarolik jamiyatlaridan boʻlgan turli soha vakillarini bir joyga jamlaydi. Dasturda barcha soha vakillari qatnashishlari mumkin. Saralash jarayonida nomzodlarning tajribasi va yutuqlariga, mavzuga yondashuvlari va ishtirokchilarning dasturda qatnashishdan maqsadlari dastur maqsadlari mosligiga alohida eʼtibor qaratiladi.
Dastur davomida ishtirokchilarning oylik stipendiya, turar-joy va yoʻl xarajatlari toʻliq qoplanadi. Dastur iyun-noyabr oylarida boʻlib oʻtib, nomzodlar 4-avgustdan 12-sentyabrgacha unda shaxsan qatnashishlari kerak boʻladi.
Dasturga arizalarni qabul qilish jarayoni 2024-yil 9-dekabrgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.