Tavsif
DAAD (Deutscher Akademischer Austauschdienst) magistratura bosqichini tugatgan barcha talabalarga 2026-2027-yillarda Germaniya universitetlarining doktorantura bosqichida oʻqishni davom ettirish va tadqiqot olib borish uchun moʻljallangan grant dasturini taqdim etadi. Dastur tanlangan kurs va tadqiqot davomiyligiga qarab 4 yilgacha davom etadi. Dasturga qabul qilinganlar Germaniyada bepul oʻqish bilan birga, oylik stipendiya va turarjoy bilan ham taʼminlanadilar.
Yoʻnalishlar:
- Til va madaniyatshunoslik
- Huquq, iqtisod va ijtimoiy fanlar
- Matematika / Tabiiy fanlar
- Farmatsevtika
- Veterinariya / qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi va ozuqa ilmi
- Muhandislik
- Musiqa, Sanʼat, Sport
Dastur haqida batafsil ma'lumotni ushbu havola orqali o'qish mumkin.