Tavsif
Einstein Fellowship — Eynshteyn stipendiyasi bu Eynshteyn forumi va Vittenshteyn jamgʻarmasi tomonidan oʻzining mutaxassisligidan boshqa yoʻnalishda ham tadqiqot oʻtkazmoqchi boʻlganlar uchun taqdim etiladigan stipendiya dasturi hisoblanadi.
Dasturda gumanitar, ijtimoiy va tabiiy fanlar yoʻnalishida kamida bakalavr darajasiga ega boʻlgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.
Dasturga qabul qilingan nomzodlar 2026-yil yoz oylaridan boshlab 5-6 oy davomida Germaniyaning Berlin va Potsdam oliygohlarida tadqiqot olib boradilar. Tadqiqot davomida ular Eynshteynning Brandenburg shahridagi yozgi uyida istiqomat qilishadi.
Bundan tashqari, tadqiqotchiga bir martalik €10,000 stipendiya beriladi hamda borish-kelish xarajatlari qoplanadi.