Tavsif
DAAD tashkiloti ijro sanʼati (raqs, musiqa, xoreografiya, drama, teatr dramaturgiyasi va b.) boʻyicha Germaniya universitetlarida magistratura yoki qisqa muddatli kursda oʻqish istagida boʻlganlar uchun Postgraduate Studies in the Field of the Performing Arts dasturini eʼlon qiladi.
Grant 10 oydan 24 oygacha boʻlgan muddatda amal qiladi. Qisqa muddatli kurslar uchun esa bu bir akademik semestrni qamrab oladi.
Grant yutib olganlarning oʻquv kontraktidan boshqa barcha xarajatlari: yoʻlkira, sugʻurta, ijara, til kurslari va imtihonlari qoplab beriladi hamda oylik stipendiya beriladi.
Grantning amal qilishi har yili 1-oktyabrdan boshlanadi.
Muhim! Grantni yutib olish nomzodning avtomatik ravishda universitetlardan biriga kirishni kafolatlamaydi. Universitetlarga nomzodlarning oʻzlari hujjat topshirishlari va oʻqishga kirishlari kerak. DAAD bu jarayonlarda ishtirok etmaydi. DAAD, shuningdek, oʻqish kontrakt pulini ham qoplamaydi. Agar ariza beruvchiga DAAD tomonidan stipendiya taklif qilinsa, lekin universitetga qabul qilinmasa, u yutgan stipendiyasidan foydalana olmaydi.
Dastur haqida batafsil bu yerda oʻqish mumkin.