Tavsif
Ushbu ERP Study Scholarships (DAAD) grant dasturi bakalavrni tamomlagan xorijiy talabalarga Germaniyada magistratura yoki bakalavrdan keyingi qoʻshimcha kurslarda oʻqish imkoniyatini beradi. Grant dasturiga bakalavr darajasini iqtisodiyot va biznes yoʻnalishlarda tamomlagan talabalar hujjat topshirishlari mumkin.
Grant orqali Germaniyaning iqtisodiyot va biznes yoʻnalishi mavjud davlat universitetlarining birida magistrlik darajasida oʻqish mumkin.
Dastur davomida grant sohiblari tanlagan dasturiga qarab 18 oydan 24 oygacha oylik stipendiya, oʻquv xarajatlari uchun mablagʻ va sugʻurta pullari bilan taʼminlanadi. Safar xarajatlari ham tashkilot tomonidan qoplab beriladi. Grantni moliyalashtirish 3 yoki 4 semestr davom etishi mumkin (nomzodning akademik koʻrsatkichlariga qaraladi).
Dastur boʻyicha batafsil maʼlumotlarni bu yerda oʻqish mumkin.
Grant haqidagi maʼlumotlar bilan GrantGO tomonidan tayyorlangan quyidagi video/ovozli chat orqali ham tanishish mumkin: