Germaniyada istalgan soha boʻyicha magistratura va doktoranturada oʻqish uchun Heinrich Böll Foundation grant dasturi
Germaniya Germaniya
29 Fev, 2024 · Muddat tugagan

Germaniyada istalgan soha boʻyicha magistratura va doktoranturada oʻqish uchun Heinrich Böll Foundation grant dasturi

Magistratura +1 To‘liq taʼlim Stipendiya

Tavsif

Germaniyaning universitetlaridan birida istalgan soha boʻyicha magistratura yoki doktorantura bosqichida oʻqimoqchi boʻlgan talabalarni qoʻllab quvvatlash maqsadida Heinrich Böll Foundation dasturi tashkil etilgan.

Ushbu dasturda yuqori akademik koʻrsatkichga ega, ijtimoiy va siyosiy jihatdan faol talabalar ishtirok etishi mumkin. Nomzodlardan nemis tilini kamida B2 darajada bilish talab etiladi. Shu bilan birga, dasturning asosiy qadriyatlari, jumladan, ekologiya va barqarorlik, demokratiya va inson huquqlaridan boxabar boʻlishi, qolaversa, oʻz shaxsiy fikriga ega boʻlishi kerak. Dasturga qabul yilda 2 marta — 1-mart va 1-sentyabrgacha amalga oshiriladi.

Dasturga qabul qilingan talabalar oylik stipendiya va boshqa imkoniyatlarga ega boʻladi. Grant oʻquv dasturi davomida (2 yil) toʻlab beriladi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Nomzod Germaniyaning universitetlaridan biriga magistratura yoki doktorantura bosqichida oʻqish uchun hujjat topshirgan va qabul qilingan boʻlishi kerak;
  • Yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi, ijtimoiy va siyosiy jihatdan faol boʻlishi lozim;
  • Nemis tilini kamida B2 darajada boʻlishi shart (sertifikat talab qilinadi);
  • Ushbu dasturning asosiy qadriyatlari, jumladan, ekologiya va barqarorlik, demokratiya va inson huquqlaridan boxabar boʻlishi, qolaversa, oʻz shaxsiy fikriga ega boʻlishi kerak.

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Magistratura talabalari uchun - oylik €860 va individual xarajatlar qoplanishi mumkin;
  • Doktorantura talabalari uchun - oylik €1200, sayohat va boshqa xarajatlar uchun €100.

Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havolalar orqali maʼlumot olish mumkin: 

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar onlayn roʻyxatdan oʻtishlari va shaxsiy profil ochishlari kerak. Shundan soʻng kerakli maʼlumotlar va hujjatlar taqdim etiladi.

Kerakli hujjatlar:

  • Toʻldirilgan ariza shakli (shu yerdan yuklab olish mumkin);
  • CV;
  • Heinrich Böll Foundation dasturida ishtirok etish uchun motivatsion xati;
  • Universitetda olgan eng soʻnggi diplomi (zarurat boʻlsa, ingliz yoki nemischa notarial tarjimasi bilan);
  • Nemis tili sertifikati — Deutsche Sprachprüfung für den Hochschulzugang“ DSH 2;
  • Tavsiyanoma (ingliz yoki nemis tilida);
  • Ish tajribasi, ilmiy maqolalaridan namuna (jurnalistika sohasidagilar uchun).

Eslatma: Ariza toʻldirish jarayonida Adobe Acrobat Readerdan foydalanish tavsiya etiladi.

Dasturga ariza topshirish jarayoni haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Stipendiya

  • Daraja

    Magistratura, PhD

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Nemis tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Germaniya Germaniyada istalgan soha boʻyicha magistratura va doktoranturada oʻqish uchun Heinrich Böll Foundation grant dasturi
29 Fev, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.