Tavsif
Germaniyaning farmatsevtika va laboratoriya jihozlarini dunyo miqyosida taʼminlovchi yirik kompaniyasi Sartorius AG Germaniya universitetlarida fan(science), IT, va muhandislikka oid yoʻnalishlardan birida magistraturada oʻqimoqchi boʻlgan talabalarga stipendiya dasturini eʼlon qildi.
Dastur talabaning oʻqish toʻlovini qoplaydi, shuningdek boshqa xarajatlar uchun oyiga €800 miqdoridagi stipendiya taqdim etadi.
Stipendiya dasturi doirasida, talabalar nafaqat magistratura darajasida bepul oʻqish, balki Sartoriusʼda amaliyot oʻtash va shaxsiy va professional rivojlanish uchun individual ravishda murabbiylar bilan ishlash imkoniyatiga ega boʻladi.
Dastur talabaga stipendiya berilgan yilning qishki semestrida (1-oktyabr yoki muqobil ravishda 1-noyabr) boshlanadi. Stipendiya va grant ajratilishi talaba magistratura dasturini tamomlagunga qadar davom etadi.
Rasmiy sayt orqali stipendiya dasturi haqida batafsil maʼlumot olish mumkin.