Tavsif
International Max Planck Research School tadqiqot guruhlariga doktorlik tadqiqotini olib borish istagida boʻlgan gʻayratli va salohiyatli yosh olimlarni saralab olish uchun arizalar qabul qilmoqda.
Dasturga har yili 20-25 nafar yangi PhD talabalari qabul qilinadi. Dastur uchun qabul doimiy ravishda ochiq. Eng ilgʻor va salohiyatli nomzodlar tanlab olinadi.
Talabalarni qabul qiluvchi tadqiqot guruhlarini quyidagi havolalar orqali rasmiy saytlardan topish mumkin:
- The Max Planck Institute of Molecular Cell Biology and Genetics (MPI-CBG);
- The Center of Systems Biology Dresden (CSBD);
- The Max Planck Institute for the Physics of Complex Systems (MPI-PKS).
Dastur davomida, talabalar MPG mehnat shartnomasi asosida toʻliq moliyaviy qoʻllab-quvvatlanadi.
Rasmiy sayt orqali dastur haqida batafsil maʼlumot olish mumkin.