Tavsif
DAAD grant dasturi tasviriy sanʼat, dizayn, vizual aloqa va kino sohasi boʻyicha bakalavr darajasini tamomlagan va tamomlaganiga 6 yildan oshmagan xorijiy talabalar uchun magistratura va doktorantura bosqichini o'qish yoki qisqa muddatli, daraja bermaydigan kurslarda o'qish imkoniyatini taqdim etadi.
Dasturga qabul qilingan nomzodlarga oylik stipendiya, sayohat, sugʻurta xarajatlari va nemis tili kurs toʻlovi toʻliq toʻlab beriladi.
Grantni moliyalashtirish tanlangan oʻquv dasturining davomiyligi va nomzodning shu vaqt davomida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga qarab 10 oydan 24 oygacha davom etadi.
Eslatma: Ushbu dastur faqat badiiy va ijodiy sohadagi loyihalarni moliyalashtiradi. Sanʼat tarixi va sanʼatshunoslik sohasidagi nomzodlar yoki ilmiy loyihaga ega rassomlar uchun boshqa DAAD stipendiya dasturlari mavjud.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.