Tavsif
SBW Berlin Scholarship dasturi Germaniyaning Berlin yoki Potsdam shahridagi universitetlardan birida oʻqishni xohlovchi talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab quvvatlash uchun tashkil etilgan.
Dasturda Berlin yoki Potsdamdagi universitetlardan birida bakalavr yoki magistratura bosqichida oʻqiyotgan 18-30 yoshli talabalar ishtirok etishi mumkin. Dasturning asosiy talablaridan biri oʻqish yakunlangandan soʻng nomzod oʻz vataniga qaytishi va kamida 18 oy ishlash istagiga ega boʻlishi kerak.
Dasturda ishtirok etish uchun ingliz tilini yaxshi bilishi zarur, nemis tilini bilish talab etilmaydi. Dasturga qabul qilingan har bir ishtirokchi haftalik yigʻilishlarda qatnashishi, oʻz loyihasining davom etayotganini isbotlashi, har bir semestrdan keyin loyiha tavsifi va rivojlanish rejasi haqida maʼlumot taqdim etishi, qolaversa, aʼlo darajadagi akademik koʻrsatkichlarni saqlab qolishi kerak.
Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar kontrakt toʻlovi qoplanadi va ular turar joy va yashash uchun oylik stipendiya bilan taʼminlanadi.