Germaniyaning Gamburg universitetida istalgan soha boʻyicha barcha bosqichlarda oʻqish uchun grant dasturi — Merit Scholarship Program
Germaniya Germaniya
14 Apr, 2025 · Muddat tugagan

Germaniyaning Gamburg universitetida istalgan soha boʻyicha barcha bosqichlarda oʻqish uchun grant dasturi — Merit Scholarship Program

Bakalavr +3 To‘liq taʼlim Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Germaniyaning Gamburg universiteti (Universität Hamburg) xalqaro talabalar hamda doktorantura bosqichi tadqiqotchilarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida grant dasturini — Merit Scholarship Рrogram eʼlon qiladi.

Ushbu universitet Germaniyadagi kontrakt toʻlanmaydigan oliygohlardan biri hisoblanadi, faqat baʼzi yoʻnalishlar uchun taʼlim haqi mavjud boʻlishi mumkin. Dasturda barcha yoʻnalishda oʻqimoqchi boʻlgan nomzodlar hujjat topshirishlari mumkin. Nomzodlar yuqori akademik koʻrsatkichlariga ega boʻlishi, ijtimoiy va madaniy jihatdan faol boʻlishi lozim. Yosh chegarasi belgilanmagan.

Magistratura bosqichi talabalariga har oy 930 yevro, doktorantura bosqichi talabalariga 1,200 yevro miqdorda stipendiya taqdim etiladi. Grant har bir nomzodga 2 semestr davomida taqdim etiladi, lekin grantga qayta ariza topshirib, uni 3 yilgacha qoʻlga kiritish imkoni mavjud.

Grantga arizalarni qabul qilish jarayoni 2025-yil 15-aprelgacha davom etadi.

Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Germaniya fuqarosi boʻlmaslik lozim;
  • Boshqa stipendiya sovrindori yoki unga nomzod boʻlmaslik kerak;
  • Yuqori akademik koʻrsatkichlarga ega boʻlish zarur;
  • Qoʻshimcha bilim va malakalarga ega boʻlish kerak (prezentatsiya, nashrlar, maxsus qobiliyatlar, avvalgi erishilgan yutuqlar);
  • Ijtimoiy va madaniy jihatdan faol boʻlish zarur (masalan, volontyorlik);
  • Nomzodning ehtiyoji yoki ijtimoiy holatiga ham saralash jarayonida ahamiyat beriladi;
  • Universität Hamburgdagi bir yoʻnalish uchun kamida 2 semestr oʻqish uchun roʻyxatdan oʻtgan boʻlish kerak;
  • 2 yillik magistratura yoki doktorantura talabalari bir semestr oʻqiganidan keyin grantga ariza topshirishi mumkin.

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturning quyidagi foydali tomonlari mavjud:

  • Har oy 930 yevrogacha miqdorda stipendiya taqdim etiladi;
  • Doktorantura bosqichi talabalariga har oy 1,200 yevro miqdorda stipendiya berilishi mumkin.

Eslatma! Grant 2 semestr davomida taqdim etiladi (jami 12 oy). Shundan keyin talabalar grantga qayta ariza topshirishlari va umumiy hisobda 3 yilgacha stipendiya sovrindori boʻlishlari mumkin.

Dastur foydali jihatlari haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Topshirish jarayoni

Grant uchun ariza topshirish soʻnggi muddati quyidagicha:

  1. 2025-yil 15-aprel (2025-yil 1-oktyabrdan 30-sentyabrgacha boʻlgan oʻquv yili uchun)

Ariza topshirish jarayonida quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

  • CV;
  • Motivatsion xat (namuna);
  • Ijtimoiy hamda madaniy jihatdan amalga oshirilgan ishlar isboti (masalan, volontyorlik ishlari) (mavjud boʻlsa);
  • Ingliz yoki nemis tillaridagi diplom transkripti;
  • Universität Hamburgda toʻliq stavka ishlovchi ikkita oʻqituvchidan olingan 2 ta baholovchi xat (namuna).

Eslatma! Muddatidan keyin topshirilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi. Grant natijalari arizalarni qabul qilish muddatida tugaganidan 8-11 hafta oʻtib eʼlon qilinadi. Natijalar onlayn portal orqali tekshiriladi.

Dasturga roʻyxatdan oʻtish boʻyicha pdf yoʻriqnoma bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Daraja

    Bakalavr, Magistratura, PhD, Postdoktorantura

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Germaniya Germaniyaning Gamburg universitetida istalgan soha boʻyicha barcha bosqichlarda oʻqish uchun grant dasturi — Merit Scholarship Program
14 Apr, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.