Stipendiyaga ariza topshirish muddati:
-Magistratura uchun: 2022-yil 15-martdan 31-maygacha;
-Bakalavr uchun: 2022-yil 1-iyundan 18-iyulgacha;
Eslatma! Yuqorida stipendiya uchun ariza topshirish muddati keltirildi. Nomzodlar stipendiyaga ariza topshirishdan avval Mannheim universitetiga qabul qilingan boʻlishlari lozim. Qabul vaqtlari va talablari bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.
Ariza topshirish uchun quyidagilar talab qilinadi:
- Motivatsion xat;
- CV;
- Universitetga kirish baholari;
- Baholar transkripti (Transkript boʻyicha talablar bilan batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin);
- Diplom (Agar avval biror joyda tahsil olgan boʻlsa);
- Sertifikatlar va medallar (Agar mavjud boʻlsa, ikki yildan avval olinganlari hisoblanmaydi);
- Ish faoliyati va tajribasi haqida maʼlumotnoma (muddati 5 yildan oʻtmagan va kamida 2 yillik boʻlishi lozim);
- Ijtimoiy faoliyati haqida maʼlumotnoma;
- Volontyorlik qilgani yoki harbiy xizmatga borganligini tasdiqlovchi hujjat;
Eslatma! Yuqorida soʻralgan hujjatlarning barchasi ham majburiy emas. Hujjatlar roʻyxati va ariza topshirish jarayoni bilan ushbu havola orqali batafsil tanishish mumkin.
Stipendiyaga ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.