Germaniyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi yil davomida Oʻzbekistondagi kichikroq miqyosdagi loyihalarni qoʻllab-quvvatlash va ular yordamida mavjud muammoli va qiyin vaziyatlarni bartaraf etishni koʻzlaydi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030-yilgacha kun tartibiga kiritilgan „Barqaror Rivojlanish Maqsadlari“ (SDG) doirasida ilgari surilgan loyihalar ishtirok etishi mumkin. Bunday loyihalar, masalan, qashshoqlik va ochlikka qarshi kurash, sogʻliq va farovonlik, sifatli taʼlim, gender tengligi va boshqalarni oʻz ichiga oladi.
Loyihalar joriy yil ichida boshlanishi va yakunlanishi kerak.
Arizalar barcha nodavlat notijorat tashkilotlari va oʻzini oʻzi tashkil etgan guruhlar tomonidan topshirilishi mumkin.
Elchixona ariza beruvchilarning eʼtiborini mavjud mablagʻlar, afsuski, cheklanganligiga qaratadi va shu sabab faqat bir nechta loyihalarni moliyalashtirishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.
Grant uchun tanlov shartlari:
Arizalarni yuborish uchun elektron pochta manzili: info@tasc.diplo.de
“Barqaror Rivojlanish Maqsadlari” (SDGs) haqida batafsil maʼlumotlar bilan bu yerda tanishib chiqish mumkin.
Oʻzbekistondagi “Barqaror Rivojlanish Maqsadlari” boʻyicha bu yerda maʼlumot olish mumkin.