Tavsif
Girls Education Fund — moddiy imkoniyati cheklangan, ammo ilm-fanga ishtiyoqi baland boʻlgan qizlar uchun tashkil etilgan bepul 2 yillik ta'lim dasturidir. Loyihaning asosiy maqsadi har bir qizning kelajagi oilasining moddiy daromadi bilan emas, balki uning shaxsiy salohiyati va mehnati bilan belgilanishini ta'minlashdan iborat.
Dastur davomida ishtirokchi qizlar malakali ustozlar koʻmagida xalqaro standartlar asosida oʻqitiladi va global imkoniyatlarga tayyorlanadi. Dastur doirasida quyidagi yoʻnalishlar qamrab olinadi:
Matematika va ingliz tili: 24 oy davomida ushbu fanlardan chuqurlashtirilgan va tizimli sifatli darslar oʻtiladi;
SAT imtihoniga tayyorgarlik: Xalqaro standartlar asosida SAT testlariga professional tayyorgarlik koʻriladi;
Konsultativ yordam: Xalqaro universitetlar hamda nufuzli grant dasturlariga hujjat topshirish jarayonida yoʻl-yoʻriq va amaliy koʻmak koʻrsatiladi.