Global Citizen Prize: Cisco Youth Leadership Award — global muammolarni hal qilishda faol yetakchi yoshlar uchun mukofot
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
18 Dek, 2024 · Muddat tugagan

Global Citizen Prize: Cisco Youth Leadership Award — global muammolarni hal qilishda faol yetakchi yoshlar uchun mukofot

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Global Citizen Prize: Cisco Youth Leadership Award mukofoti Cisco kompaniyasi va Global Citizen tashkiloti tomonidan dunyoga ijobiy taʼsir koʻrsatuvchi yoshlarni tan olish, yoshlarning Birlashgan Millatlar Tashkilotining Global Maqsadlariga erishishga taʼsirini koʻrsatish va global muammolarni hal qilishni tezlashtirish uchun taʼsis etilgan.

Mukofot oʻta qashshoqlikka barham berish yoʻlida salmoqli hissa qoʻshgan 18-30 yoshdagi yoshlarni saralab, har yili bir nafar nomzodni taqdirlaydi. Sovrin gʻolib nomzod hissa qoʻshgan tashkilotga toʻlanadigan $250 000 miqdoridagi pul mukofotidan iborat.

Har bir nomzod mukofot tanlovining 5 ta muhim mezonlari boʻyicha baholanadi.

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturning 5 ta muhim mezoni mavjud:

  1. 18-30 yosh orasidagi global miqyosda faol yoshlar qatnashishi mumkin. Oxirgi 3-5 yil davomida erishgan yutuqlari tarixiga qaraladi;
  2. Kelajakka qarash: Kelgusi 3-5 yil ichida bu faoliyatini qanday kengaytirish, shu jumladan mukofot nomzod/tashkilot saʼy-harakatlarini qanday oshirishi boʻyicha jiddiy qarashlar va aniq rejalari boʻlishi kerak;
  3. Katalizator: Boshqa yoshlarni bir yoki bir nechta global maqsadlarga erishishga taʼsir qilish uchun ilhomlantira olishi kerak;
  4. Global fuqarolik: Qadriyatlarni namoyish etish va global fuqaro va global muammolarni hal qiluvchi ruhini oʻzida aks ettira olishi kerak;
  5. Texnologiya innovatsiyasi: Samaradorlikni oshirish, erishish va taʼsirni kuchaytirish uchun texnologiya yoki Internetga asoslangan kommunikatsiyalar bilan bogʻliq innovatsiyalarni amalga oshirib kelayotgan boʻlishi kerak.

Tanlov talablari haqida batafsil rasmiy sayt orqali maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dastur g'oliblariga $250 000 miqdordagi pul mukofoti beriladi. 

Topshirish jarayoni

Dasturga ariza topshirish jarayoni quyidagicha:

  1. Nomzod va uning tashkiloti haqidagi asosiy maʼlumotlar hamda pasportning nusxasini taqdim etish talab qilinadi;
  2. Nomzod nima uchun bu mukofotga loyiq ekanligini tushuntirib berishi va 2-3 daqiqalik video pitch taqdim etishi lozim;
  3. Nomzod ishi boʻyicha 5 ta tanlov mezonlariga qanday erishganini tasvirlab 5 ta savolga 250 soʻzdan oshmagan javoblarni taqdim etishi lozim;
  4. Tashkilotning roʻyxatdan oʻtganlik maʼlumotlarini tasdiqlovchi hujjatlar, shu jumladan roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma, roʻyxatdan oʻtganlik yoki soliqdan ozod qilinganligi va boshqa qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etish soʻraladi.

Hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil rasmiy sayt va FAQs boʻlimi orqali maʼlumot olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 30

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh Global Citizen Prize: Cisco Youth Leadership Award — global muammolarni hal qilishda faol yetakchi yoshlar uchun mukofot
18 Dek, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.