Global Masters Scholarship — University College London (Buyuk Britaniya)da grant asosida magistraturada o'qish imkoniyati. Stipendiya miqdori — £15,000
Buyuk Britaniya Buyuk Britaniya
07 May, 2026 · Muddat tugagan

Global Masters Scholarship — University College London (Buyuk Britaniya)da grant asosida magistraturada o'qish imkoniyati. Stipendiya miqdori — £15,000

Magistratura To‘liq taʼlim Stipendiya

Tavsif

UCL Global Masters stipendiyasi daromadi past boʻlgan xalqaro talabalarga University College Londonda magistraturada oʻqishga kirish va ularni ragʻbatlantirishga qaratilgan.

Ushbu dastur yoshi, millati dini va irqidan qatʼiy nazar dunyo boʻylab magistratura bosqichini Buyuk Britaniyada oʻqish istagida boʻlgan hamda bakalavr bosqichini tamomlagan yoshlar uchun moʻljallangan.

Dasturda qatnashish uchun nomzod University College London universitetining 2026/27-yillar uchun moʻljallangan kunduzgi oʻquv kurslaridan biriga qabul uchun ariza topshirgan boʻlishi lozim.

Dasturga qabul qilingan nomzodlarga £15,000 miqdorida stipendiya ajratiladi va ushbu stipendiya birinchi navbatda oʻquv toʻlovlarini qoplashga hamda yil davomida talabaning boshqa taʼminotlari uchun sarflanadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda qatnashish uchun nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:

  • Nomzod chet elda toʻlov stavkasini toʻlash huquqiga ega boʻlish kerak;
  • Kelib chiqishi past daromadli oiladan boʻlishi lozim;
  • 2026/27-yilda University College Londonda kunduzgi (full-time) magistraturaga qabul uchun ariza topshirgan boʻlishi kerak.

Ushbu dasturga ariza topshirish uchun nomzoddan quyidagilar talab etiladi:

  • Nomzodning eng yuqori akademik malakasi, uni qachon, qayerda, qaysi oʻquv maskanida va qaysi sohada bitirgani haqida maʼlumot berilishi kerak (Misol uchun, e.g. BSc Economics, UCL, UK, 2015);
  • Bakalavr davrida erishilgan baholar haqida maʼlumot. Baholarni Buyuk Britaniya ekvivalentiga ushbu havola orqali oʻgirish mumkin;
  • Oilaviy kirim haqida maʼlumot berilishi kerak. Agar nomzod yolgʻiz yashasa va oʻzini-oʻzi taʼminlasa, u holda faqat oʻzining kirim miqdori haqida maʼlumot beradi.

Dastur maqbullik shartlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Stipendiya miqdori £15,000 ni tashkil etadi;
  • UCL Global Masters stipendiyasi stipendiyalar yoki mukofotlar tarzida berilishi mumkin. UCL mukofotining miqdori talaba tomonidan olingan boshqa mablagʻlarning umumiy qiymatiga qarab oʻzgartirilishi mumkin;
  • Grant birinchi navbatda talabaning oʻqish toʻlovi uchun qoʻllaniladi. Qolgan qismi oʻquv yili davomida taʼminot uchun uchga boʻlib toʻlanadi.

Eslatma: Ushbu stipendiya faqat bir oʻquv yili uchun amal qiladi.

Dastur maqbullik shartlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturga ariza topshirish jarayonida, nomzod avvalo UCLga kirish uchun ariza topshirgan boʻlishi lozim.

UCL magistratura kurslari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Stipendiyaga onlayn ariza berish uchun ariza shakliga kirish haqida koʻrsatmalar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Ariza shaklini qanday toʻldirish kerakligi va kerakli maʼlumotlar haqida yoʻriqnomani ushbu havola orqali koʻrish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Dasturga qabul 2026-yilning 7-mayiga qadar davom etadi.

Qabul qilingan nomzodlarga natijalar iyun oyining oxirlarida yuboriladi.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun:

studentfunding@ucl.ac.uk yoki 0207 679 0004 telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Stipendiya

  • Daraja

    Magistratura

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Buyuk Britaniya Global Masters Scholarship — University College London (Buyuk Britaniya)da grant asosida magistraturada o'qish imkoniyati. Stipendiya miqdori — £15,000
07 May, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.