Global muammolarga raqamli texnologiyalar yordamida yechim topishga qaratilgan xalqaro startap loyihalar tanlovi — Cisco Global Problem Solver Challenge 2022; umumiy mukofot jamgʻarmasi $1000000
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
12 Fev, 2022 · Muddat tugagan

Global muammolarga raqamli texnologiyalar yordamida yechim topishga qaratilgan xalqaro startap loyihalar tanlovi — Cisco Global Problem Solver Challenge 2022; umumiy mukofot jamgʻarmasi $1000000

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

AQShning CISCO kompaniyasi tobora rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyotda nafaqat omon qoladigan, balki rivojlanishga erisha oladigan global muammolarni hal qiluvchi avlodni ragʻbatlantirish va ularga qulay imkoniyatlarni yaratib berishga harakat qilib keladi. Qurilmalar va maʼlumotlarni bogʻlaydigan raqamli texnologiyalar yordamida yangi gʻoyalar endi har qachongidan ham tezroq ijobiy oʻzgarishlarga sabab boʻla oladi. Shunday gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida har yili tashkil etiladigan 6th Cisco Global Problem Solver Challenge 2022 xalqaro startap loyihalar tanlovi butun dunyo boʻylab boʻlajak tadbirkorlarning texnologiyalardan foydalanib ijtimoiy muammolarga yechim topa oladigan yangi biznes gʻoyalarini aniqlashga qaratilgan.

1 000 000 AQSh dollariga teng boʻlgan umumiy mukofot jamgʻarmasi iqtisodiy rivojlanishga turtki beradigan va/yoki ijtimoiy yoki ekologik muammolarga yechim taqdim etadigan ilgʻor texnologiyalar, mahsulotlar va xizmatlarni amalda joriy etishni tezlashtirishga yordam beradi.

Tanlov shartlari va talablari bilan batafsil ushbu havola oraqali tanishib chiqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Tanlovda ishtirok etish talablari quyidagicha:

  • Ishtirokchilar 18 yoshdan katta boʻlishi lozim;
  • Ishtirokchilar faqat 1ta startap loyiha/gʻoya bilan ishtirok etishi mumkin;
  • Barcha loyiha/gʻoyalar ingliz tilida taqdim etilishi lozim;
  • Ishtirokchilar tanlov shartlari va talablari bilan toʻliq tanishib chiqib, rozilik bildirishi lozim.

Tanlov shartlari va talablari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Tanlovning umumiy mukofot jamgʻarmasi $1000000ni tashkil qiladi va quyidagicha taqsimlanadi:

  • Grand Prize — $250000 (1)
  • Regional 1st Runners-up Prizes — $75000 (3)
  • 2nd Runners-Up Prizes — $50000 (3)
  • Peopleʼs Choice Award — $10000 (1)
  • Cisco Employeeʼ Choice Award — $15000 (1)
  • HBCU Startup Prize — $50000 (1)
  • Climate Impact and Regeneration Prize — $100000 (1)
  • Climate Impact and Regeneration Prize Runners-Up — $50000 (4).

Topshirish jarayoni

Tanlovda ishtirok etish uchun onlayn roʻyxatdan oʻrish lozim.

Tanlovda 3 xil koʻrinishda ishtirok etish mumkin:

  • Yakka tartibda.
  • Jamoaviy. Har bir jamoada 5 nafargacha aʼzo boʻlishi mumkin va jamoa lideri tanlanishi lozim.
  • Biznes subyekti nomidan yaʼni biror kompaniyaga tegishli boʻlgan gʻoya/loyihaning tegishli vakil tomonidan taqdim etiladi.

Onlayn roʻyxatdan oʻrish jarayonida ishtirokchilardan quyidagilar soʻraladi:

  • Loyiha qanday muammoga yechim taqdim etishi;
  • Taqdim etilgan yechimning umumiy koʻrinishi;
  • Yechimning afzalliklari va raqamli texnologiyalardan qanday foydalanishi;
  • Loyihaning oʻziga xosligi va qanday bozorga; chiqarilishi;
  • Yechim bilan bogʻliq xavflar (risks);
  • Loyihani izohlovchi video (90 soniyali).

Onlayn roʻyxatdan oʻtgan va saralangan ishtirokchilar 3ta raunddan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng gʻoliblikni qoʻlga kiritishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish talablari va jarayoni bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh Global muammolarga raqamli texnologiyalar yordamida yechim topishga qaratilgan xalqaro startap loyihalar tanlovi — Cisco Global Problem Solver Challenge 2022; umumiy mukofot jamgʻarmasi $1000000
12 Fev, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.