18-35 yosh oraligʻidagi yetakchi yoshlar uchun Keniyada oʻtkaziladigan 12 kunlik rezidentlik dasturi — International Leadership Programme
Marokash Marokash
30 Mar, 2022 · Muddat tugagan

18-35 yosh oraligʻidagi yetakchi yoshlar uchun Keniyada oʻtkaziladigan 12 kunlik rezidentlik dasturi — International Leadership Programme

Tadqiqot Stipendiya

Tavsif

18-35 yosh oraligʻidagi yetakchi yoshlar uchun Keniyada oʻtkaziladigan rezidentlik dasturi — International Leadership Programme: Kenya 2025 taqdim etiladi. 12 kunlik intensiv trening shaklidagi oʻtkaziladigan dasturda yoshlar turli madaniyat, din va kelib-chiqishi turli xil ijtimoiy-iqtisodiy boʻlgan xalqaro taʼlim hamjamiyatini shakllantirish uchun birlashadilar.

Ushbu dasturi dunyodagi ijobiy oʻzgarishlarni davom ettirishdan manfaatdor boʻlgan yoshlar uchun moʻljallangan boʻlib, dastur davomida ishtirokchilar global taʼlim hamjamiyatiga ega boʻlish, shaxsiy rivojlanish uchun turli nuqtai nazarlar va yangi gʻoyalar bilan tajriba oʻtkazish, dunyoda ijobiy oʻzgarishlar qilishdan manfaatdor boʻlgan 2000 dan ortiq bitiruvchilarning global tarmogʻi bilan aloqada boʻlish imkoniyatiga ega boʻladilar. Shu bilan birgalikda ishtirokchilar global muammolarni hal qilishda istiqbolli va ijtimoiy tadbirkorlik yondashuvini rivojlantirish imkoniyatiga hamda maqsad va hayot yoʻnalishini his qilish uchun qadriyatlar va rahbarlik tamoyillarini aniqlashga yordam beradigan tajribalar, barcha oʻquv usullari, jumladan jamoaviy loyihalar, jismoniy faoliyat, fikrlash, muhokama va sanʼat orqali potensialni kashf qilish uchun vositalar va tajribalarga ega boʻlishadi.

Dastur Sharqiy Afrikada joylashgan Keniyada 2025-yil 7-18 yanvar kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Dastur uchun jami 30 nafar ishtirokchi saralab olinadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • 18-35 yosh oraligʻidagi yetakchi yoshlar qatnashishi mumkin;
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (sertifikat soʻralmaydi);
  • Nomzod global oʻzgarishlarni amalga oshirish istagida boʻlishi lozim;
  • Ishtirokchilar dasturni tugatgandan soʻng 6 oy ichida ijtimoiy taʼsir loyihasini amalga oshirishlari kutiladi va buni amalga oshirish uchun qoʻllab-quvvatlanadi.

Stipendiya tayinlashda quyidagi holatlarni namoyon qilgan nomzodlarga ustunlik beriladi:

  • Oʻz jamoalarida sezilarli taʼsir koʻrsatish istagini koʻrsata olgan;
  • Iqtisodiy qiyinchiligi boʻlgan;
  • Mablagʻlarni toʻplashda oʻz hukumatlari yoki taʼlim organlarining homiyligi, shuningdek, kerak boʻlganda xususiy biznes va sanoatning homiyligi kabi saʼy-harakatlar koʻrsata olgan.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • £7500 miqdorida stipendiya beriladi;
  • Ovqatlanish va turar-joy xarajatlarini qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlganlar uchun stipendiya taklif qilinishi mumkin. Ammo dastur borib-kelish xarajatlarini qoplab bermaydi;
  • Yetakchilikni rivojlantirish va taʼlim boʻyicha yuqori tajribaga ega mutaxassislar tomonidan bilimlar beriladi;
  • Ishtirokchilarning olgan bilimlarini birlashtirish va ijtimoiy taʼsir loyihasini qoʻllab-quvvatlash uchun 6 oylik bepul murabbiylik dasturiga kirish imkoniyati.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Ariza topshirishda quyidagilar soʻraladi:

  • Shaxsiy maʼlumotlar;
  • CV;
  • Tavsiyanoma;
  • Tibbiy hamda boshqa kerakli maʼlumotlar.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Tadqiqot

  • Moliyalashtirish

    Stipendiya

  • Soha

    Biznes boshqaruvi

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 35

  • Jins

    Erkak, Ayol

Marokash 18-35 yosh oraligʻidagi yetakchi yoshlar uchun Keniyada oʻtkaziladigan 12 kunlik rezidentlik dasturi — International Leadership Programme
30 Mar, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.