Dunyoda 230-o'rinda turuvchi Maastricht Universitetida magistratura bosqichini to'liq moliyalashtirilgan holda o‘qish uchun UM Holland-High Potential grant dasturi
Niderlandiya Niderlandiya
01 Fev, 2025 · Muddat tugagan

Dunyoda 230-o'rinda turuvchi Maastricht Universitetida magistratura bosqichini to'liq moliyalashtirilgan holda o‘qish uchun UM Holland-High Potential grant dasturi

Magistratura To‘liq taʼlim To'liq moliyalash

Tavsif

Dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri bo‘lgan Maastritch Universitetida magistratura bosqichida 2025-yil kuzidan boshlanadigan o‘quv yili  uchun salohiyatli, yuqori akademik baholarga ega bo‘lgan talabalarga UM NL-Holland-High Potential scholarship grant dasturini e’lon qiladi.  Dasturga qabul qilinganlar o‘quv to‘lovidan ozod qilinish bilan birga yashash xarajatlari uchun stipendiya hamda boshqa imtiyozlarga ega bo‘lishadi. 

Dastur davomiyligi 1 yillik magistratura kursi uchun 13 oy; 2 yillik magistratura kursi uchun 25 oy bo‘lib nomzodlar  Maastritch Universiteti San’at va Ijtimoiy fanlarPsixologiya va Nevrologiya, Huquq hamda Biznez va Iqtisodiyot fakultetlariga hujjat topshirishlari mumkin. 

2025-yil boshlanadigan o‘quv yili uchun jami 21 ta grant  ajratilgan.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Shveysariya, Surinam, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan  davlatlari fuqarosi bo‘lmasligi hamda Gollandiyaga kirish vizasi va yashash uchun ruxsat olish talabalariga javob berishi;
  • 2025-yil 1-sentyabr holatiga ko‘ra 35 yoshdan yuqori bo‘lmasligi;
  • Maastritch universitetining kunduzgi belgilangan magistratura dasturi qabul talablariga javob berish va ariza topshirish;
  • Nomzod oldingi o‘quv muassasasini a’lo baholarga o‘qigan bo‘lishi bu diplom ilovasi yoki akademik mahorati tasdiqlangan xat orqali ko‘rsatib berilgan bo‘lishi; Agar bir necha talabalarning natijalari bir xil bo‘lsa, akademik natijalariga ko‘ra  5% lik talabalar safiga kiruvchi nomzodga ustunlik beriladi;
  • Nomzod ilgari  Gollandiyadagi oliy ta’lim darajasidagi dasturlarda ishtirok etmagan bo‘lishi (Gollandiyadagi almashinuv dasturlarida ishtirok etgan talabalar ishtirok qila oladilar);
  • Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlardan birida ikki fuqarolikka ega bo‘lmasligi.

Ushbu havola orqali dastur haqida batafsil tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • O‘quv to‘lovi to‘liq qoplanadi;
  • Yashash xarajatlari uchun 13 oy uchun €15,925 yoki 25 oy uchun  €30,625 stipendiya (oyiga €1225);
  • Salomatlik va javobgarlik sug‘urtasi uchun €700 va viza xarajatlari uchun €210;
  • O‘qishdan oldingi tayyorlov kurs xarajatlari qoplanadi.

Eslatma: 2025-2026 o‘quv yili uchun summalar miqdorida o‘zgarish bo‘lishi mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturga qabul jarayoni quyidagi tartibda amalga oshadi:

1-qadam:

Maastritch universitetining kunduzgi belgilangan magistratura dasturidan biriga ro‘yxatdan o‘tiladi. Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin. Ariza topshirgandan so‘ng Studielnik orqali Maastritch Universitetiga ariza topshirish  uchun ID raqam beriladi. Ushbu raqam grant ariza shaklini to‘ldirish va topshirish uchun kerak bo‘ladi.

  Eslatma: 

  • Faqatgina yuqoridagi ro‘yxatda keltirilgan magistratura dasturlariga ariza topshirgan talablar UM Holland-High Potential scholarship grantiga ariza topshira oladilar.
  • Magistratura va grantga bir vaqtning o‘zida ariza topshirish mumkin, ammo grant dasturiga qabul qilinish uchun magistraturaga qabul qilingan bo‘lish lozim.
  • Nomzod topshirgan  magistratura kursining qabul jarayoni uchun ma’lum miqdorda to‘lov mavjud bo‘lishi mumkin, bunday holda UM grant dasturi to‘lovni qoplab bermaydi. Nomzodning o‘zi 2025-yil 1-fevralgacha to‘lab berishi lozim bo‘ladi.  Nomzod tanlagan dasturda to‘lov mavjud yoki mavjudmasligini asosiy veb-sahifaning “Admission requirements” bo‘limidan tekshirib olish mumkin.

2-qadam:

Har bir fakultet uchun alohida ariza shakllari to‘ldiriladi. Fakultet va ariza shakllari bilan  rasmiy sayt orqali  batafsil tanishib chiqish mumkin.

Quyidagi .doc, .docx yoki PDF formatdagi hujjatlarni yuklash so‘raladi:

  • CV;
  • Motivatsion xat;
  • Akademik mahoratni isbotlovchi hujjat (bunda nomzodning diplom ilovasi);
  • Tavsiyanoma beruvchining  kontakt ma’lumotlari.

Arizalarni faqat bir marta topshirish mumkin, shuning uchun barcha hujjatlar va tavsiyanoma beruvchi shaxslar bilan bog‘liq ma’lumotlar to‘g‘ri va aniqligiga ishonch hosil qilish lozim.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Magistratura

  • Soha

    Biznes boshqaruvi, Huquqshunoslik va qonunchilik, Ijtimoiy fanlar, Sanʼat, dizayn va arxitektura

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Max: 35

  • Jins

    Erkak, Ayol

Niderlandiya Dunyoda 230-o'rinda turuvchi Maastricht Universitetida magistratura bosqichini to'liq moliyalashtirilgan holda o‘qish uchun UM Holland-High Potential grant dasturi
01 Fev, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.