Gollandiyada magistratura bosqichini bepul o‘qish imkoniyatini beruvchi Vrije University Fellowship Program (VUFP) dasturi
Niderlandiya Niderlandiya
31 Yan, 2025 · Muddat tugagan

Gollandiyada magistratura bosqichini bepul o‘qish imkoniyatini beruvchi Vrije University Fellowship Program (VUFP) dasturi

Magistratura To‘liq taʼlim Bepul o'qish

Tavsif

Gollandiyaning Vrije Universitetining magistratura bosqichida o‘qish uchun yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan talabalar uchun Virje University (VU) Fellowship dasturi taqdim qilinadi.

Magistratura bir yoki ikki yillik dasturlarni taklif qilib, bunda  talabalar 200ga yaqin dasturlaridan birini tanlashlari mumkin. 

VUFP grantiga qabul qilinganlar kontrakt pulidan to‘liq ozod qilinadi. Shu bilan birgalikda, nomzodlarga miqdori €5,000 yoki €10,000 bo‘lgan Holland Scholarship Program (HSP) stipendiyasini ham taqdim qilinadi. 

Vrije Universiteit Amsterdam - Niderlandiyaning Amsterdam shahridagi eng yaxshi davlat universitetlaridan biridir. THE Rankingsga asosan, 2025-yilda 136-oʻrinni egallab turibdi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Yevropa Ittifoqi yoki Yevropa iqtisodiy hududi tarkibiga kirmaydigan davlat fuqarosi bo‘lishi;
  • Gollandiya fuqarosi bo‘lmasligi;
  • Nomzodning akademik ko‘rsatkichlarining o‘rtacha bahosi Gollandiya baholash tizimida 8 ga teng bo‘lishi kerak;
  • Vrije Universitetining 2025-yilda boshlanadigan ingliz tilida bo‘ladigan magistratura dasturlaridan biriga qabul qilingan bo‘lishi lozim. Bunda quyidagilarni yodda tutish kerak bo‘ladi:
          1. Fevral oyidan o‘qishni boshlaydign talabalar dasturga ariza topshira olishmaydi;
         2. VU Amsterdam tomonidan tashkillashtirilmagan qo‘shma dasturlar uchun VUFP granti berilmaydi.
  • Nomzod bundan oldingi o‘quv bosqichini Gollandiyada o‘qimagan bo‘lishi kerak;
  • Nomzodning magistratura dasturini boshlash  uchun tayyorlov dasturida o‘qishga ehtiyoji bo‘lmasligi kerak;
  • Til bilish serifikati: IELTS 6.5; TOEFL 92 (bu magistraturaga kirish talablarida mavjud)

Magistraturaga qabul jarayoni va kerakli hujjatlar haqida ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin. 

Ushbu havola orqali dastur haqida batafsil tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturga qabul qilingan kontrakt pulidan to‘liq ozod qilinadi.
  • VUFPga ariza topshirish bilan bir paytda nomzodlar avtomatik tarzda Holland Scholarship Program (HSP) stipendiyasiga ham ariza bergan hisoblanadilar. Ushbu stipendiya faqat birinchi o‘quv yilida beriladi. Stipendiya miqdori €5,000 yoki €10,000 bo‘lib, yashash xarajatlari uchun yetarli bo‘ladi.

Eslatma: VUFP granti bir yoki ikki yillik magistratura dasturi uchun berilishi mumkin. Grant birinchi o‘quv yilidagi kontranktni qoplashni ko‘zlaydi. Ikkinchi yilda ham grantni saqlab qolish uchun  birinchi yildagi zaruriy kreditlarning (ECTS) 100% ni qo‘lga kiritgan bo‘lishlari  kerak.

Topshirish jarayoni

Dasturga hujjat topshirish quyidagi bosqichlarda amalga  oshiriladi:

1-bosqich (Magistratura bosqichiga ariza topshirish): 

Magistrtaturaga ariza topshirishda, avvalo, studielnik tizimi orqali keyin vu.nl saytidagi  shaxsiy kabinetda ro‘yxatdan o‘tiladi. Maxsus video-yo‘riqnoma orqali magistratura dasturlariga qanday hujjat topshirish bo‘yicha batafsil ma’lumot olish mumkin.

Hujjatlar, umumiy tarzda, quyidagilarni qamrab oladi:

  1. Pasport yoki ID karta nusxasi.
  2. CV (Europass namunasida bo‘lishi tavsiya qilinadi).
  3. 1 ta yoki 2 ta tavsiyanoma xati (tavsiyanoma xatining nechta bo‘lishi nomzod topshirayotgan dastur talablariga bog‘liq. Ayrim dasturlar umuman tavsiyanoma xati so‘ramasligi ham mumkin).
  4. Letter of Motivation- Motivatsiya xati (1-2 bet atrofida).
  5. Diplom hamda akademik baholar nusxasi (ingliz tilidagi tarjimasi bilan).
  6. Bakalavr bosiqchida o‘qilgan asosiy adabiyotlar va kurslar ro‘yxati.
  7. Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (dasturga qarab farqlanadi).
  8. Gollandiyada vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi.

Eslatma: Magistraturaga arizalar 1-dekabrgacha qabul qilinadi. Natijalar 6 haftadan keyin chiqadi, grant dasturiga esa faqatgina univeristetga qabul qilinganlar ariza topshira oladilar. Shuning uchun imkon qadar erta ariza topshirish tavsiya  etiladi.

2-bosqich (VUFP grantiga ariza topshirish): 

  • Shaxsiy kabinetda to‘ldirilgan ariza shakli 01.02.2025 gacha topshirilishi lozim.
  • Arizani  faqat bir marta topshirish mumkin, shuning uchun arizani to‘liq-to‘liqmasligini to‘liq tekshirib chiqish kerak.
  • VUFP  arizasi uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

Bakalavr bosqichidagi baholar va  baholash shkalasi

  • Bakalavr baholari va GPA qanday hisoblanishi aniq tushuntirilib berilish lozim. Bunda baholarning o‘rtachasi Gollandiya baholash tizimida eng kamida 8 ga teng bo‘lishi kerak.

Eslatma: Nomzod ilgari ham magistratura bosqichini tugatgan bo‘lsa, VUFP dasturiga hujjat topshirayotganda, bu inobatga olinmaydi va faqat bakalavr bosqichining o‘rtacha bahosi (GPA) ko‘rib chiqiladi. Agar nomzod bakalavrning oxirgi kursida o‘qiyotgan bo‘lsa, ariza topshirguncha bo‘lgan baholar GPA si ko‘rsatiladi.

Ariza topshirishda Word yoki PDF shaklida VUFP ariza shaklini yuklab olish lozim. Bunda barcha savollarga to‘liq va to‘g‘ri javob berish so‘raladi. To‘liq bo‘lmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

3-bosqich:

Qabul qilingan arizalar Markaziy VUFP qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va talabgor nomzodlar Markaziy  stipendiyasiga beriladi.  Arizalar akademik ko‘rsatkich va motivatsion xat asosida baholanadi.

4-bosqich:

Natijalar nomzodlarning elektron pochtalariga yuboriladi. Natijalat 2025-yil mart oyi o‘rtalarida e’lon qilinadi.

5-bosqich:

Tanlangan nomzod VUFP va HSP grant taklifini qabul qilish yoki qilmasligini shaxsiy kabineti orqali bildirishi kerak.

Talablar va hujjat topshirish jarayoni bilan batafsil bu yerda tanishish qat'iy tavsiya etiladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Bepul o'qish

  • Daraja

    Magistratura

  • Soha

    Amaliy fanlar va kasblar, Biznes boshqaruvi, Kompyuter fanlari va IT, Atrof-muhit va Geologiya fanlari, Tabiiy fanlar va matematika

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 6.5

Niderlandiya Gollandiyada magistratura bosqichini bepul o‘qish imkoniyatini beruvchi Vrije University Fellowship Program (VUFP) dasturi
31 Yan, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.