Tavsif
Astana Hub Google for Startups bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan Silkway Accelerator dasturiga arizalar qabuli davom etmoqda.
Dasturda Markaziy Osiyo mamlakatlari, shuningdek, Ozarbayjon, Gruziya va Moʻgʻulistonning startap kompaniyalari ishtirok etishi mumkin.
Silkway Accelerator dasturi 2025-yil 6-iyul kuni boshlanadi. Tanlov natijalariga koʻra, 15 ta eng yaxshi loyiha Оstоna shahrida oflayn rejimda oʻtkaziladigan va 3 oy davom etadigan akseleratsiyada ishtirok etishi mumkin boʻladi.
Dastur davomida ishtirokchilar oʻz startaplarini rivojlantirish va kengaytirish, yuqori malakali ekspertlar bilan networking qilish va ularning seminarlariga qatnashish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Asosiysi, ushbu dasturda qatnashish mutlaqo bepul va nomzodlar Оstоna shahrida turarjoy bilan taʼminlanadi.
Loyiha egalari oʻz loyihalari uchun yirik miqdorda mablagʻ olishlari ham mumkin.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.