Google kompaniyasidan “Solution Challenge” tanloviga tayyorgarlik dasturi
O‘zbekiston O‘zbekiston
31 Mar, 2023 · Muddat tugagan

Google kompaniyasidan “Solution Challenge” tanloviga tayyorgarlik dasturi

Kurslar Bepul ishtirok

Tavsif

IT Park va “GDG Toshkent” “Uzum” va Digital-operator Beeline Uzbekistan ko‘magida poytaxtimizda “Solution Challenge” tanloviga tayyorgarlik dasturini ishga tushirmoqda.

“Solution Challenge” – bu BMTning 17 Barqaror Rivojlanish Maqsadlaridan bir yoki bir nechtasiga muvofiq Google texnologiyalaridan foydalangan holda mahalliy muammoga yechim yaratish maqsadida Google tashabbusi bilan talabalar uchun har yili oʻtkazib kelinadigan tanlov.

Tayyorgarlik dasturi Oʻzbekiston loyihalariga butun dunyo boʻylab 10 ta eng yaxshi “Solution Challenge” final bosqichi ishtirokchilari qatoriga kirishga yordam berish uchun yoʻlga qoʻyilgan. U seminarlar, mentorlik va feedback sessiyalarini o'z ichiga oladi. Tadbirlar gibrid formatda o'tkaziladi.

Seminar, mentorlik sessiyalari va fikr-mulohazalar sessiyalaridan so'ng tanlov uchun ro'yxatdan o'tish boshlanadi.

Tayyorgarlik dasturi doirasidagi tadbirlar fevral oyi oxirida start oladi. Ro‘yxatdan o‘tish orqali loyihalar ustida ishlashni bugundanoq boshlash imkoniyati mavjud. 

“Solution Challenge” uchun arizalar esa 2023-yil 17-martdan 31-martga qadar qabul qilinadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturda “Solution Challenge” tanlovida ishtirok etishni istagan barcha qatnashishi mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Seminarlar Google kompaniyasi mutaxassislari tomonidan olib boriladi. Ularda spikerlar o‘z loyihalarida Google resurslaridan qanday foydalanish mumkinligi haqida batafsil ma’lumot beribgina qolmay, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob beradilar. Seminarlarda o‘tgan yilgi tanlovlar g‘oliblari ham ishtirok etadi;
  • Mentorlik sessiyalari ishtirokchilar uchun turli sohalardagi yetakchi mutaxassislarning qimmatli maslahatlarini tinglash orqali loyihalarni sayqallash, koʻnikmalarni rivojlantirish hamda yangi gʻoyalarga ega boʻlishdek noyob imkoniyat yaratadi.

Topshirish jarayoni

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Google kompaniyasidan “Solution Challenge” tanloviga tayyorgarlik dasturi
31 Mar, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.