Tavsif
Google mutaxassislari tomonidan kiberxavfsizlik boʻyicha sertifikatga ega boʻlish imkoniyati — Google Cybersecurity Professional Certificate taqdim etiladi.
Ushbu sertifikat dasturida ishtirokchilar talab qilinadigan koʻnikmalarni oʻrganadi va Google mutaxassislaridan AI (sunʼiy intellekt) boʻyicha trening oladi. Hozirda deyarli barcha kompaniyalar, jumladan, elektron tijorat, moliya, sogʻliqni saqlash, texnologiya va hukumat bilan bogʻliq tashkilotlar turli sohalarda kiberxavfsizlik boʻyicha mutaxassislarni yollaydi.
Dasturni bitirgan ishtirokchilar quyidagi kasblarga ishga kirishiga yordam beradigan sertifikat beriladi:
- Kiberxavfsizlik boʻyicha tahlilchi;
- Xavfsizlik boʻyicha tahlilchi;
- Xavfsizlik operatsiyalari markazi (SOC) tahlilchisi.
Kurs davomida quyidagi bilimlar beriladi:
- Kiberxavfsizlik amaliyotlarining ahamiyati va ularning tashkilotlarga taʼsiri tushunish;
- Umumiy xavflar, tahdidlar va zaifliklarni, shuningdek ularni yumshatish usullarini aniqlash;
- Xavfsizlik maʼlumotlari va hodisalarni boshqarish (SIEM) vositalaridan foydalangan holda tarmoqlar, qurilmalar, odamlar va maʼlumotlarni ruxsatsiz kirish va kiberhujumlardan himoya qilish;
- Python, Linux va SQL bilan amaliy tajribaga ega boʻlish.
Maʼlumot uchun: Tashkilotlar doimiy ravishda oʻzlari va ularga xizmat koʻrsatadigan odamlarni firibgarlik va fishing kabi kiber bilan bogʻliq tahdidlardan himoya qilishlari kerak. Ular oʻzlarining ichki tizimlari va maʼlumotlarining maxfiyligi, yaxlitligi va mavjudligini taʼminlash uchun kiberxavfsizlikka tayanadi.
Kiberxavfsizlik boʻyicha tahlilchilar tahdidlar va ruxsatsiz kirishdan himoyalanish uchun muqobil usul va texnologiyalar toʻplamidan foydalanadi hamda tahdid yuzaga kelgan taqdirda yechimlarni yaratib xavfni bartaraf etadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.