Tavsif
Yiannis va Eleni Garedakisning Tipografiya muzeyi tomonidan tashkil etilgan “Yer Sayyorasi Ekologik chorrahada” deb nomlangan 7-xalqaro plakatlar tanloviga ijodiy ishlar qabul qilinmoqda.
Iqlim inqirozi eng yuqori choʻqqisiga chiqqan vaqtda, jamiyatda imkon qadar atrof-muhit haqida xabardorlikni oshirish katta ahamiyatga ega. Albatta, “xabarchi” sifatida plakatlar sayyorani qutqarish boʻyicha ushbu global saʼy-harakatlarga oʻz hissasini qoʻshadi.
Tanlovda asosan grafik dizayn, tasviriy sanʼat sohasiga qiziquvchilar, mutaxassislar va talabalar ishtirok etishi mumkin.
Saralangan eng yaxshi 30 ta ijodiy ishlar keyingi tanlovgacha bir yil davomida Gretsiyaning Xaniya shahridagi Tipografiya muzeyi amfiteatrida boʻlib oʻtadigan koʻrgazmada taqdim etiladi. Shuningdek, saralangan birinchi uch nafar mualliflarga pul mukofotlari taqdim etiladi.
Tanlov haqida batafsil rasmiy sayt orqali maʼlumot olish mumkin.