Tavsif
“WE WANT JAZZ” xalqaro posterlar tanlovining maqsadi butun dunyo grafik dizaynerlar hamjamiyatini jalb qilish orqali Polsha va jahon jazzini ommalashtirishdan iboratdir.
Tanlov tashkilotchisi — EUROJAZZ jazz musiqasini targʻib qilish jamgʻarmasi.
Tanlovda barcha davlat fuqarolari qatnashishi mumkin. Ishtirokchilardan jazz musiqiy janrini ommalashtirishga bagʻishlangan posterlar (plakatlar) yasash talab etiladi.
Tanlov gʻoliblari pul mukofoti bilan birgalikda Polshada boʻlib oʻtadigan posterlar koʻrgazmasiga taklif qilinadi.
Tanlovga ariza topshirishning soʻnggi muddati — 2023-yil, 25-sentabr.