Tavsif
Wild Beauty Art festival 2023 tanlovining bir qismi boʻlgan “Ekologik davlat” musobaqasi grafik dizaynerlar uchun moʻljallangan tanlovdir. Tanlovning maqsadi posterlar orqali davlatlarning ekologik holatini yaxshilash, yashil hududlarni koʻpaytirishga undashdan iborat.
Ushbu tanlovda barcha davlat fuqarolari ishtirok eta oladi. Tanlov ishtirokchilari “Ekologik davlat” mavzusida poster yaratishi kerak.
Tanlov gʻoliblari pul va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi. Shuningdek, gʻoliblar Chernogoriyada boʻlib oʻtadigan koʻrgazmaga taklif qilinadi.
Tanlovda qatnashish uchun posterlarni yuborishning soʻnggi muddati — 2023-yil 16-iyul, soat 02:59.
Mazkur tanlov haqida batafsil maʼlumotni ushbu havola orqali olish mumkin.