Tavsif
UENTER va InterBusinessLab hamkorlikda GIZning “Oʻzbekistonda yashil sanoatlashtirish” loyihasi doirasida “yashil” startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha barcha innovatorlar uchun “Green Start” startaplar tanlovini taqdim etadi.
Dasturning asosiy maqsadi:
- Yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish va ularning innovatsion ishlanmalar yaratishga boʻlgan qiziqishini oshirish;
- Startap ekotizimini takomillashtirish va innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
- Startaplarga oʻz loyihalarini amalga oshirish va ilgari surishda har tomonlama amaliy yordam koʻrsatish;
- Yosh tadbirkorlarni oʻqitish, shuningdek, startap ekotizimini rivojlantirish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish;
- Startap ekotizimi ishtirokchilari uchun zaruriy maʼlumotlardan foydalanishni kengaytirish maqsadida qoʻshimcha raqamli imkoniyatlar yaratish;
- Zamonaviy texnologiyalar, shuningdek, innovatsion yondashuvlarni tatbiq etgan holda biznes tashkil etish va yuritish usullarini transfer qilish;
- Startap ekotizimining barcha ishtirokchilari oʻrtasida integratsiyani kuchaytirish va ragʻbatlantirish.
Maʼlumot uchun: UENTER innovatsion tadbirkorlik markazi Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, “TOBB ETU Tashkent” universiteti va “KOICA” Agentligi koʻmagida Oʻzbekistonda innovatsion tadbirkorlik va startap ekotizimini rivojlantirish orqali iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan. UENTER rezidentlarga 3000 kv.m maydonda ish sharoitlari va qulayliklarni taklif etadi. U Toshkent shahrining markazida joylashgan boʻlib, rivojlangan shahar infratuzilmasi hamda poytaxtning bir qator yetakchi universitetlari, maʼmuriy va moliyaviy tashkilotlari bilan oʻralgan.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.